So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  9 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

Pro liga. Otabek Zokirov: “Neftchi”ga quyi ligalarda yurish yarashmaydi” Yangiliklar

Pro liga. Otabek Zokirov: “Neftchi”ga quyi ligalarda yurish yarashmaydi”

Abdusamad Do'rmonov boshchiligidagi “Neftchi” jamoasi yaqinda start olishi kutilayotgan Pro liga bahslariga hozirlikni olib bormoqda.

Joriy yilda Superligaga chiqishni ko'zlayotgan farg'onaliklar 13 iyun kuni yig'in doirasidan o'rin olgan “Turon”ga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi. Mazkur bellashuvdan oldin qishki transferlar vaqtida jamoaga kelib qo'shilgan Otabek Zokirovga yuzlandik.

“Asosiy maqsadimiz Superligaga yo'llanma olish. Qishki yig'inlar vaqtida yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin, ko'rdingiz karantin boshlanib rejalar o'zgarib ketdi. Barcha futbolchilar individual tarzda uyda shug'ullandi. Barchasini endi boshidan boshlayapmiz. Nasib qilsa bir kuch bo'lib va birlashib yuqori marralarni zabt etishga harakat qilamiz.

Karantin sababli o'yin amaliyotisiz qolib ketdik. Hozirda nazorat bahslari orqali optimal sport formasiga kirib olishga etibor qaratyapmiz. “Neftchi” jamoasiga Pro ligada yurish yarashmaydi. Bilasiz, bu jamoa o'ziga xos tarixga ega. Halol mehnat qilib maqsadimizga erishishimizga ishonaman.

O'zim bo'sh vaqtni oila davrasida o'tkazdim. Koronavirus tezroq engilishini barcha istamoqda. Klubimiz rahbarlari moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlab turishsa albatta Superligaga chiqamiz degan umiddaman.

Havo harorati isib borayotgani sababli bundan buyon mashg'ulotlarda chidamlikka va jismoniy holatimizni yaxshilashga urg'u qaratamiz. O'zimizga bo'lgan ishonch yuqori darajada”,- deydi Otabek Zokirov.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика