Pro liga. "Nurafshon" - "Neftchi" 1:4 yoxud Farg'ona klubi Superligaga qaytdi!
07 okt 2021 18:10
Yangiliklar
Pro liga. "Nurafshon" - "Neftchi" 1:4 yoxud Farg'ona klubi Superligaga qaytdi!
Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Oybek Qilichev uzoq masofadan chap oyoqda darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 0:1. Bahsning 41-daqiqasida Qilichev bu safar o'ng oyog'ida darvozaning boshqa yuqori burchagini nishonga oldi - 0:2.
45-daqiqada Sanat SHixov jarima to'pidan ajoyib gol urdi - 1:2. Birinchi taymga qo'shib berilgan daqiqalarda Akmal SHorahmedov Marko Obradovich bilan "devor" uslubida o'ynab, jarima maydoni ichidan gol urdi - 1:3.
89-daqiqada Marko Obradovich hisobni yiriklashtirdi - 1:4.
O'yin mana shu hisob bilan yakunlandi va "Neftchi" klubi uch yillik tanaffusdan keyin Superligaga qaytdi!
7 oktyabr, payshanba
16:15 - NURAFSHON – NEFTCHI 1:4
Hakamlar: Aziz Asimov, SHerzod Kamarov, Sardor Hakimov
Nazoratchi: Hushvaqt Muxtorov
Komissar: Aleksandr Davidenko.
Gollar: Oybek Qilichev 10, - 0:1. Oybek Qilichev 41, - 0:2. Sanat SHixov 45, - 1:2. Akmal SHorahmedov 45+2, - 1:3. Marko Obradovich 89, - 1:4.
Golga aylanmagan penalti: Sanat SHixov 67 (ustun).
"Nurafshon": 20.Sardor Qobuljonov, 6.Bobur Qosimov, 9.Davronbek Isoqov, 11.Sanat SHixov, 16.Alisher Sanoev, 19.Tohir Maladustov, 23.Behruz SHodmonov, 27.Sardor Izzatov, 34.Hakimxon Alamxonov, 65.Marko Milich, 77.Fayzullo Jumanqo'ziev.
"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 17.Abdulloh Olimov, 18.SHavkat Mullajonov, 21.Azam Aliev, 22.Umar Adhamzoda, 44.Darko Stanoevich, 80.Aleksandr Eshich, 90.Oybek Qilichev, 91.Marko Obradovich, 99.Ulug'bek Hoshimov.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar