So’nggi yangiliklar

19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  0 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  5 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  12 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2

Pro liga. "Neftchi" G'uzorda "SHo'rtan"ga to'rtta gol urdi, "Olimpik" Nukusda durang o'ynadi Yangiliklar

Pro liga. "Neftchi" G'uzorda "SHo'rtan"ga to'rtta gol urdi, "Olimpik" Nukusda durang o'ynadi

Futbol bo'yicha O'zbekiston Pro ligasining 16-tur bahslari bo'lib o'tdi.

Farg'onaning "Neftchi" klubi ayni paytda G'uzorda "SHo'rtan" mehmoni bo'ldi.  Ilhom Mo'minjonov shogirdlari uchrashuvning 53-daqiqasida hisobni ochishdi. Gol muallifi Abdulloh Olimov. U Oybek Qilichevning say-harakatlaridan keyin qulay imkoniyatdan to'pni darvozaga kiritib qo'ydi. 

83-daqiqada esa Sobit Sindorov hisobni 2:0 ga etkazdi. 

85-daqiqada hisob 3:0 ga etdi. Sardor Abdunabievdan uzatma qabul qilib olgan Eshich qoyilmaqom zarbasi bilan hisobni yiriklashtirdi. 

90-daqiqada "SHo'rtan" uchrashuvda hisobni qisqartirdi. Jamoaning 17-raqamdagi futbolchisi Javohir Husanov qanotdan uzatilgan to'pni boshi bilan golga aylantirdi. 

Mazkur goldan ko'p o'tmasdan 90+3 daqiqad Izzatilla Abdullaev "Neftchi"ning to'rtinchi goliga mualliflik qildi.  


24 avgust, seshanba

SHO'RTAN 1:4 NEFTCHI
Gollar:
Javohir Hasanov 90 - Abdulloh Olimov 53, Sobit Sindarov 82, Aleksandar Eshich 85, Izzat Abdullaev 90+3.

“SHo'rtan”: 1. Amirbek Lutfullaev, 5. Ozodbek Rajabov, 14.Farzin Muxtorov, 19. Bobur Madaminov, 20. Islombek Baratov, 22. Javohir SHokirov, 23. Muxriddin Botirov, 34. SHaxboz Jo'raev, 70. Maruf Jumaev, 76. Muxriddin Zoirov, 85. Sarvar Buronov.

Zaxira: 13. Jaxongir Jamolov, 7. Bekzod Suvonov, 11. Asadbek Samariddinov, 17. Javohir Hasanov, 21.Muhriddin SHamsiddinov, 24. SHoxrux Abduraimov, 55. CHoriyor Tursunqulov, 66. Ahmed Qobiljonov, 99. Alpomish Mirov.

“Neftchi”: 1.Mashxurjon Muhammadjonov, 2.Akmal SHoraxmedov, 17.Abdullox Olimov, 18.SHavkatjon Mulladjanov, 21.Azamjon Aliyov, 31.Saydullo Raxmatov, 44.Darko Stanoevich, 80.Aleksandar Jesik, 90.Oybek Qilichev, 91.Marko Obradovich, 99. Ulug'bek  Xoshimov .

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 4.SHodiyor Xojimatov, 7.Sobit Sindarov, 10.Sardor Abdunabiev, 11.Izatilla Abdullaev, 14.SHerzod Karimov, 22.Umar Atxamzoda, 33.Toxirjon SHamshitdinov, 94.Doston Toshmatov.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Daler Tilloev, Hasan Nabiev

Nazoratchi: Bobur Qodirov

Komissar: Rustam Zuparov



Qoraqalpog'istonning "Aral Samali" klubi esa o'z maydonida Toshkentning "Olimpik" klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o'ynadi.


"ARAL SAMALI" - "OLIMPIK" 1:1

Gollar: Temur Mamasidiqov 15, - 0:1. Arislan Yusupbaev 56, - 1:1.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика