So’nggi yangiliklar

09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  0 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  1 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  1 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  2 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  2 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  22 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  8 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  7 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0

Pro liga. "Neftchi" "SHo'rtan"ni mag'lub etdi (To'liq sharh) Yangiliklar

Pro liga. "Neftchi" "SHo'rtan"ni mag'lub etdi (To'liq sharh)

Bugun Pro-ligada 7-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Mazkur tur doirasida G'uzorning "SHo'rtan" klubi Farg'onada "Neftchi" mehmoni bo'ldi.

O'yin kutilganidek maydon egalarining faol hujumlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq raqib darvozasini ishg'ol etish uchun harakatlarni boshlagan farg'onaliklarda bir qator qulay vaziyatlar yuzaga kela boshladi. Birinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqlagida Farg'ona jamoasining hujumlarida faollik ko'rsatgan Sobit Sindarov, Ulug'bek Hoshimov, Ruslan Rozievlar bir qator golli vaziyatlarga bo'lishdi. Ushbu daqiqalar ichida "SHo'rtan" jamoasining himoyadagi tartibli o'yini, shuningdek jamoa sardori va darvozabonining faol o'yini farg'onaliklarga gol urishga imkon bermadi. Kombinacion o'yin samara keltirmagach, "Neftchi" vakillari uzoq masofalardan ham zarba yo'llab o'z omadlarini sinab ko'ra boshladilar. SHunday vaziyatlar natijasida uchrashuvda hisob ochildi. Birinchi bo'limning 29-daqiqasida Sobit Sindarovning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasi "SHo'rtan" darvozasidan o'rin oldi - 1:0. Bo'lim so'ngiga qadar o'yindagi hisob boshqa o'zgarmadi va tanaffusga "Neftchi" vakillari kichik hisobdagi g'alaba bilan chiqib ketishdi.

Bellashuvning ikkinchi bo'limi ham birinchi bo'limga o'xshash ko'rinishda o'tdi. Farg'onaliklar ketma-ket tashkil etilgan hujumlar natijasida raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritish uchun harakat qilgan bo'lsalar, "SHo'rtan" vakillari qarshi hujumlarda o'z omadlarini qidirishdi. Ko'plab vaziyatlarda g'uzorliklar hujumchisi Bekzod Suvonov oldingi chiziqda yolg'izlanib qolgandek ko'rindi.

Farg'ona jamoasining ketma-ket hujumlari natijasida 74-daqiqada g'uzorliklar darvozasi ikkinchi bor ishg'ol etildi. Yana o'sha Sobit Sindarovning ajoyib uzatmasiga Saydullo Rahmatov yaqin masofadan zarba yo'llab gol urdi - 2:0. O'yin yakuniga qadar darvozalarga boshqa gol urilmadi va "Neftchi" navbatdagi 3 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi.

PRO-Liga. 7-tur.
"Neftchi" - "SHo'rtan" 2:0 (1:0)
Farg'ona. "Istiqlol" stadioni.
Hakamlar
: Ibrohim Ismoilov, Daler Tilloev, Otabek Qosimov
Nazoratchi: Andrey Tambovcev
Komissar: Jamshid Imomov.
Gollar: Sobit Sindarov, 29 (1:0), Saydullo Rahmatov, 74 (2:0).
"Neftchi": 45. Akbar To'raev, 2. Akmal SHorahmedov, 7. Sobit Sindarov, 14. SHerzod Karimov, 17. Abdulloh Olimov, 18. SHavkat Mullajonov, 31. Saydullo Rahmatov, 44. Darko Stanoevich, 71. Ruslan Roziev, 91. Marko Obradovich, 99. Ulug'bek Hoshimov
Zaxira: 1. Mashhurjon Muhammadjonov, 5. Darko Stanoevich, 6. Xudoyshukur Sattorov, 9. Otabek Zokirov, 10. Sardor Abdunabiev, 11. Izzatilla Abdullaev, 22. Umar Adxamzoda, 25. Sarvar Soliev, 33. Tohirjon SHamsiddinov.
"SHo'rtan": 23. Akmal Rahimov, 2. Nurali Padarov, 4. SHahzod Abdivoyitov, 6. Elyor Omonjonov, 7. Bekzod Suvonov, 8. Jahongir Qurbonboev, 10. Islom SHodmonov, 14. Akrom Bahromov, 34. SHahboz Jo'raev, 66. Ahmed Qobiljonov, 77. Salohiddin Sanaqulov
Zaxira: 25. Asilbek Berdialiev, 11. Asadbek Samariddinov, 98. SHerbek Eshmurodov.


 




Bekzod Tolibov tayyorladi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика