Pro liga klubi tarkibga 300 ming evrolik hujumchini qo'shib oldi
02 mar 11:59
Yangiliklar
Pro liga klubi tarkibga 300 ming evrolik hujumchini qo'shib oldi
Xabaringiz bor, 24 fevral kuni Superligada rasman transfer oynasi yopildi.
Oradan 4 kun o'tib esa Pro ligada ham barcha keldi-ketdilar yakunlandi.
Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" tarkibga yana bir hujumchini qo'shib oldi. Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarovning malum qilishicha, bosniyalik forvard Dominik Begich joriy mavsumni "Buxoro"da boshlaydi. "Transfermarkt" portali uning narxini 300 ming evroga baholagan.
Begich O'zbekistonga kelguniga qadar "Posushe", "Imotski", "Kaplina" jamoalarida to'p tepgan.
Fikrlar