So’nggi yangiliklar

11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  2 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  4 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  1 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  2 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  8 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  5 02:29Расман: "Манчестер Сити" навбатдаги трансферни эълон қилди  3 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Фаластин Ўмонга қарши охирги дақиқада пенальтидан гол ўтказиб, Жаҳон чемпионати саралашини омадсиз якунлади  4

PRO-Liga. Jamshid Yusupov: "Qaerda va qachon bo'lsa ham futbol o'ynashni istaymiz" Yangiliklar

PRO-Liga. Jamshid Yusupov: "Qaerda va qachon bo'lsa ham futbol o'ynashni istaymiz"

Koronavirus pandemiyasi tufayli ayni damda PRO-Liga musobaqalari vaqtincha to'xtatilgan.

Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib saytimiz muxbirlari PRO-Liga jamoalari futbolchilari bilan intervyular tashkil etishmoqda. Quyida Toshkentning "Oq-tepa" klubi etakchi futbolchilaridan biri Jamshid Yusupov bilan tashkil etilgan intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Jamshid, ayni damda "Oq-tepa" jamoasi mashg'ulotlari qay tarzda o'tmoqda?


- Karantin tufayli PRO-Liga o'yinlari vaqtincha to'xtatildi. Yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, mashg'ulotlarni tog'da tashkil etmoqdamiz. Klubimizga tegishli bo'lgan xududda murabbiylar shtabi va shifokorlar nazorati ostida mashg'ulotlarimiz karantin qoidalariga amal qilingan holda o'tkazilmoqda.

- PRO-Liga klublari orasida qaysi jamoaning chempionlikka imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?


- CHempionatda ishtirok etayotgan barcha 8 jamoaning imkoniyatlarini teng baholayman.

- Bugunga qadar PRO-Ligada 3 ta tur uchrashuvlari o'tkazildi. "Zomin" mag'lub etildi, "Turon" bilan mag'lubiyat, "Neftchi"ga qarshi bahsda durang. SHu o'yinlar haqida nimalarni ayta olasiz?


- O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichiga muvaffaqiyatli o'tib olganimizdan so'ng, PRO-Ligada dastlabki turni o'z maydonimizda "Zomin"ga qarshi o'tkazdik va g'alabaga erishdik. Ikkinchi turda "Turon"ga qarshi qiziqarli o'yin bo'ldi, afsuski birgina gol uchrashuv taqdirini hal qildi, mag'lub bo'ldik. 3-turda "Neftchi"ga qarshi o'yinning birinchi bo'limida mag'lub bo'layotgandik. Ikkinchi bo'lim oldidan bizga murabbiylarimiz tegishli ko'rsatmalarni berishdi va yakunda duranga erishdik. Ochig'ini aytganda, o'sha o'yinda "Neftchi" vakillari yaxshiyamki bir nechta golli vaziyatlardan foydalana olishmadi. Umuman olganda ortda qolgan 3 ta turni yomon o'tkazmadik deb o'ylayman. Turdan-turga o'yinlarimiz yanada kuchayib boraveradi.

- Pandemiya davrida PRO-Ligani markazlashtirilgan xolda o'tkazish fikriga munosabatingiz qanday?


- Inson sog'ligi hamma narsadan ustun turadi. Agar markazlashtirilgan chempionat futbolchilarga virus yuqish xavfini kamaytirsa, biz bunga tayyormiz. Qaerda va qachon bo'lsa ham futbol o'ynashni istaymiz.

- Hujumchi sifatida sizningcha qaysi biri kuchli? Oripxo'ja Abduxoliqov, Temurxo'ja Abduxoliqov. Siz Oripxo'ja bilan ko'p bor birga o'ynagansiz...


- Ha, albatta. O'ylamay aytishim mumkinki, Temurxo'ja Abduxoliqovning imkoniyatlari yuqori. Oripxo'ja hali yosh, iqtidorli futbolchi. O'z ustida ishlasa, kelajakda akasi kabi milliy terma jamoa safida maydonga tushishi mumkin.

- Futbolchi sifatidagi maqsadlaringiz qanday? Bugunga qadar nimalarga erishdingiz, nimalarga endilikda erishmoqchisiz?


- Hozircha futbolda erishgan natijalarim unchalik ham yuqori emas. Albatta, "Oq-tepa" jamoasini Superligaga olib chiqishga o'z hissamni qo'shmoqchiman. Kelajakda o'z o'yinlarim bilan murabbiylar etiborini qozonib, Superligada to'p surishni maqsad qilganman.



Bekzod Tolibov yozib oldi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика