PRO-liga: "Istiqlol" xorijda tayyorgarlik ko'rmoqda
07 mar 2018 11:34
Yangiliklar
PRO-liga: "Istiqlol" xorijda tayyorgarlik ko'rmoqda
Sakkizta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda kurashayotgan turnirda farg'onaliklar “A” guruhida mamlakat oliy ligasining “Akademiya” (O'sh), hamda birinchi liga vakillari “Qizil mehnat” (O'sh) va “Jalolobod” (Jalolobd) jamoalariga qarshi maydonga tushmoqda. “V” guruhini esa oliy liganing “Neftchi” (Qo'chqor Ota), birinchi liganing “O'sh”, “Lining”, “SHaxtyor” (barchasi O'sh shahridan) jamoalari tashkil etgan.
“Istiqlol” kecha “Jalolobod” jamoasin yirik – 12:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi. To'plarni S.Asqaraliev, E.Akbarov, T.Tolipov, R.Ayvazov (ikkitadan), A.Xojimirzaev, A.Sultonov, T.Sultonov, O.Isroilov kiritishdi.
Hamyurtlarimiz navbatdagi o'yinni bugun Qirg'iziston chempionati oliy ligasi vakili “Akademiya”ga qarshi o'tkazishadi. Guruhdagi so'nggi uchrashuv esa ertaga, “Qizil mehnat” jamoasiga qarshi belgilangan.
Guruhlarda birinchi va ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar yarim finalga yo'llanma olishadi, uchinchi va to'rtinchi o'rindagi jamoalar ham o'zaro kuch sinashishadi. Final uchrashuvi 10 mart kuniga rejalashtirilgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar