PRO-Liga. Hujumchining o'rniga darvozabon maydonga tushdi
25 okt 2018 12:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459635_original.jpg)
![](/upload/storage/459635_220.jpg)
PRO-Liga. Hujumchining o'rniga darvozabon maydonga tushdi
PRO-Ligada ajabtovur xolatlar davom etmoqda. Kuni-kecha bo'lib o'tgan 31-tur o'yinlarida yana bir etiborga molik xolattga duch keldik.
Gap shundaki, PRO-Liga “B” guruhida “Xotira-79” – “SHerdor” bahsida mezbonlar tarkibida hujumchi o'rniga zaxiradan darvozabon maydonga tushgan. CHempionatda arang ishtirok etib kelayotgan uychiliklar safida futbolchilarning etishmovchiligi yuz bergan. Aks xolda bu kabi xolat yuz bermasdi. Yani uchrashuvning 41-daqiqasida “Xotira-79” hujumchisi Alisher Abduvohidov kutilmaganda jaroxat olib, o'yinni davom ettira olmasligi malum bo'ldi. Uning o'rniga murabbiylar majburiy ravishda darvozabon Mubosher Abdullaevni tushirishga qaror qildi.
Yaxshi hamki, “Xotira-79” posboni jarohat olmadi. Agar voqealar rivoji shunday tus olganida, mezbonlar o'yinni bir kishi kam bo'lib o'tkazishi ham mumkin edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar