So’nggi yangiliklar

17:57Про лига. "ФарДУ" сафарда "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлубиятга учратди  0 17:47Сергей Лушчан "Навбаҳор"ни тарк этдими?  5 17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  0 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  2 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  1 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  2 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  13 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3

Pro liga. "Dinamo" o'rtoqlik uchrashuvida "Zomin"ni mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

Pro liga. "Dinamo" o'rtoqlik uchrashuvida "Zomin"ni mag'lubiyatga uchratdi

Pro liga yangi mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgan Samarqandning "Dinamo" jamoasi chempionat starti oldida o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

SHu kuni Pro-liganing yana bir vakili Jahongir Jiyamurodov boshchiligidagi "Zomin" jamoasi "Dinamo" klubi mehmoni bo'ldi.

Uchrashuv o'rtoqlik  o'yini maqomida bo'lsada, o'yin qiziqarli va jangovar ruhda o'tdi. 

17-daqiqada "Dinamo"  yarimhimoyachisi SHohrux Abdurahmonov yakkama-yakka vaziyatda chiqib, chiroyli zarba bilan hisobni ochdi – 1:0.

32-daqiqada esa bir daqiqa oldin zaxiradan maydonga tushgan Jonibek Ko'chimov ham darvozabon bilan yakkama-yakka holatda qolib, vaziyatni tenglashtirdi – 1:1.

55-daqiqada esa mehmonlar standart vaziyatdan keyin SHohjahon Abbosovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi – 1:2.

75-daqiqa esa qanotdan uzatilgan to'pni himoyachi Jasur O'rinov raqib darvozasiga joylab qo'ydi – 2:2

O'yin yakuniga qadar hujumkorlikni tushirmagan "dinamochilar" 90-daqiqada o'z niyatlariga etishishdi. Jamoa sardori Jasur Azimov tomonidan jarima maydoni tashqarisidan yo'llangan kuchli zarba chiroyli tarzda raqib darvozasi to'ridan o'rin oldi – 3:2.

18 iyun (payshanba)

O'rtoqlik uchrashuvi. Samarqand, "Dinamo" stadioni.

"Dinamo" - "Zomin" - 3:2

Bosh hakam: SHerzod Kamarov

Gollar: SHohrux Abdurahmonov 17, Jasur O'rinov 75, Jasur Azimov 90 – Jonibek Ko'chimov 32, SHohjahon Abbosov 55.

Malumot uchun, "Dinamo" jamoasi O'zbekiston kubogi saralash bosqichi doirasida 23 iyun kuni Farg'onada "Istiqlol" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 






Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика