PRO-liga. Dinamo mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
25 may 2018 11:06
Yangiliklar


PRO-liga. Dinamo mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
Xabaringiz bor, joriy mavsum PRO-Ligada ishtirok etayotgan Dinamo uchun chempionat omadsiz boshlandi.
CHunki samarqandliklar 11-turga qadar chempionatda g'alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Nihoyat Davron Fayziev boshqaruvidagi «Dinamo» kecha dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi. O'z maydonida Nukusning «Orol» jamoasini qabul qilgan samarqandliklar 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng «Dinamo» turnir jadvalida 7-o'ringa ko'tarilib oldi. Endi navbatdagi turda samarqandliklar G'uzorda «SHo'rtan» mehmoni bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar