So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Pro liga. Dinamo jamoasi tanishtiruv marosimini o'tkazdi Yangiliklar

Pro liga. Dinamo jamoasi tanishtiruv marosimini o'tkazdi

Superliga va Pro liga klublari qatorida Samarqandning Dinamo jamoasi ham yangi futbol mavsumi oldidan futbolchilar taqdimot marosimini o'tkazdi.

2021 yilgi yangi futbol mavsumi boshlanishi oldidan o'tkazilishi anana tusini olgan tanishtiruv marosimida «Dinamo» futbol jamoasining bu yilgi yangi tarkibi, murabbiylar shtabi ommaga tanishtirildi. Samarqand shahridagi «Yoshlar markazi» katta zalida o'tgan tadbirda viloyat hokimligi, klub homiylari, mutasaddi rahbarlar va yuz nafarga yaqin eng faol muxlislar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Taqdimot marosimini Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Botir Nurullaev ochib berib, aslida tadbirni viloyat hokimi ochib berishi rejalashtirgani, biroq Erkinjon Turdimov malum sabablar tufayli marosimga kela olmaganini aytib o'tdi.

«Barcha futbol muxlislari va «Dinamo» futbol klubini boshlanayotgan yangi futbol mavsum bilan chin qalbdan qutlab qolaman. Ushbu marosimga viloyatimiz hokimi Erkinjon Oqbo'taevich kela olmagan bo'lsalar-da, u kishi viloyat futbol associaciyasi rahbari sifatida klub oldiga asosiy vazifa sifatida Superligani qo'yganlar. SHu jihatdan ham jamoaga tajribali mutaxassis Hakim Qayumovich Fuzaylov taklif etilgan. Jamoa Samarqand va Toshkentda yig'in o'tkazib, mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rdi. Endi samarqandlik muxlislarni xursand etib, Superliga yo'llanmasi uchun kurashish kerak», - deydi Samarqand viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari Botir Nurullaev.

SHundan so'ng birin-ketin qarsaklar ostida «Dinamo» jamoasining barcha futbolchilari tanishtirilib, ularga liboslari topshirildi.

SHundan keyin jamoa bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov va faxriy hamda jonkuyar muxlislar so'zga chiqib, «Dinamo»ni Superligaga qaytish uchun elkama-elka turib qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari haqida aytib o'tishdi. O'z o'rnida jamoa sardori Obid Jo'raboev futbolchilar nomidan klub rahbarlari va muxlislarga minnatdorchilik bildirdi.

Malumot uchun, «Dinamo» jamoasi Pro liga 1-turi doirasida 24 mart, chorshanba kuni Samarqandda Sirdaryo viloyatining «Yangier» klubini qabul qiladi. Ko'hna shaharda yangi futbol mavsumiga start beradigan ushbu o'yin soat 18:00da boshlanadi.





Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика