So’nggi yangiliklar

09:37МЮ Виктор Гёкерешни қўлдан чиқарганидан сўнг Германиядан ҳужумчи олиб келмоқчи  0 09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  4 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  6 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  5 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  1 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  1 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2 22:04Суперлига. "Қизилқум" "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади, жиззахликлар баҳсни 10 киши бўлиб тугатишди  7

PRO-Liga, “B” guruhi. 7-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida Yangiliklar

PRO-Liga, “B” guruhi. 7-turning eng tezkor goli va boshqalar haqida

Teglar :  PRO-liga7-tur
PRO-Liganing ortda qolgan 7-tur o'yinlarining etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“B” guruhidagi 4ta uchrashuvda ham huddi “A” guruhidagi kabi jami 9ta gol qayd etildi. Har bir o'yinga o'rtacha 2tadan gol demakdir. Eng tezkor gol Toshkentda kechgan “Lokomotiv-BFK” – “SHerdor” uchrashuvida kuzatildi. Bahsning 2-daqiqasi o'tib borayotganida mehmonlar tezkor gol kiritib, hisobni ochishga erishdi. Aniqrog'i, G'olibjon Sariboev “Lokomotiv-BFK” darvozasini aniq nishonga oldi. Ushbu tezkor gol yakunda samarqandliklarning g'alabasiga zamin yaratganini aytish lozim.

Turning eng so'nggi soniyada kiritilgan goli ham aynan “Lokomotiv-BFK” – “SHerdor” bahsida kuzatildi. 85-daqiqada Sanjar Ahmedov mehmonlarning uchinchi golini kiritdi.
7-turda dublga erishgan yagona futbolchi – Saidjon Ashurov bo'ldi. “Labsa” hujumchisi jamoasining “Iftixor”ga qarshi o'tkazgan o'yinida raqib darvozasiga ikkita to'p kiritib, “Labsa”ga irodali g'alabani taqdim etdi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 3ta to'p kiritildi. Ikkinchi taymda esa yana 6ta gol qayd etildi.

Mezbonlar tomonidan kiritilgan gollar soni 3tani tashkil etgan bo'lsa, qolgan 6ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.

“Yozyovon”, “Nurafshon” va “SHerdor” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.    


7-turda kimlar gol urdi?
1. Zohid Ismoilov – “Yozyovon”.
2. Orifxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
3. Farrux SHotursunov – “Nurafshon”.
4. G'olibjon Sariboev – “SHerdor”.
5. Nurbek Olmasov – “SHerdor”.
6. Sanjar Ahmedov – “SHerdor”.
7.  Saidjon Ashurov  (2ta)– “Labsa”.
8. Orif Mamajonov – “Iftixor”.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика