So’nggi yangiliklar

01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  0 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  9 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  3 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  4 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  21 23:14Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда сенсацион тарзда "Бешиктош"ни таслим этди, Алиқулов сўнгги дақиқаларда майдонга туширилди  0 23:00Суперлига. "Динамо" 90+8-дақиқада камбэк эвазига "Қизилқум"ни мағлуб қилди  38 22:52"Атлетик" — "Барселона". Ла Лигада мавсумнинг сўнгги ўйини учун таркиблар маълум  4 22:48А Серия. Сўнгги тур ўйинлари учун таркиблар маълум, Шомуродов "Рома" сафида асосий таркибда майдонга тушади  24 22:11ҚПЛ. "Турон" ўз уйида "Тобол"га мағлуб бўлди, мезбонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 22:06АПЛда 2024/25 йилги мавсум якунланди, МЮ сўнгги турда "Астон Вилла"ни ЧЛсиз қолдирди  42 21:58Суперлига. "Пахтакор" 90+8 дақиқада урилган автогол эвазига "Хоразм"ни мағлуб этди  96 21:16БАА Про лигаси. "Ал Батаеҳ" ўз уйида "Ал Ваҳда"га мағлуб бўлди, Ғаниевдан ассист, Эркинов эса захирадан ўйинга қўшилди  1 20:40Суперлига. “Навбаҳор” яна гол ёмғирини ёғдирди — бу сафар “Қўқон-1912” таслим этилди  22 19:54"Ланс" собиқ бош мураббийи Уилл Стилл Англия клубига бош мураббий этиб тайинланди  2

PRO-Liga “B” guruhi. 12-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga “B” guruhi. 12-tur statistikasi

Teglar :  PRO-liga
Xabaringiz bo'lsa kerak, o'tgan haftada PRO-Liganing 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“B” guruhidagi 12-tur o'yinlari ham qiziqarli tarzda kechdi. O'z maydonida “Yozyovon”ni qabul qilgan “Zomin” nursiz durang qayd etdi. Vaholanki, zominliklar ushbu turda o'z hisobiga 3 ochko yozdirib qo'yishlari ham mumkin edi. Biroq jamoaning to'purar hujumchisi Doston Toshmatov 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yo'llay olmadi. Bu esa yakunda durangga olib keldi.

“Iftixor” jamoasi nihoyat uzoq muddatdan so'ng yana g'alaba qozondi. Oltiariq jamoasida so'nggi paytlarda yuz bergan salbiy xolatlar ichki muhitga unchalik ham o'z tasirini o'tkazmadi. Aksincha irodali g'alabaga erishdi. Garchi “Labsa” jamoasi birinchi bo'limda hisobni ochgan bo'lsada, bahsning so'nggi 20 daqiqasida mezbonlar uchta to'p kiritib, g'alabani o'z tomoniga og'dirib yubordi.

Toshkent viloyatining “Nurafshon” jamoasi bu turda “Xotira-79”ni qabul qilib, kutilganidek g'alabaga erishdi. SHuni aytish lozimki, uychiliklar bosh murabbiyi Nozim Mullaoxunov yaqinda istefoga chiqib, uning o'rnini Naufal Boboev egallagandi. Kuni-kecha bosh murabbiy yana o'zgardi. Mullaoxunov qaytdi. Boboev ketdi. Samarqandning “SHerdor” jamoasi bu safar o'z maydonida turnir autsayderi “Lokomotiv-BFK”ni qabul qildi. Kutilganidek mazkur uchrashuvda sensaciya yuz bermadi va mezbonlar ishonchli g'alabaga erishdi.

“Zomin” – “Yozyovon” - 0:0.
“Iftixor” – “Labsa” - 3:1 (0:1).
“Nurafshon” – “Xotira-79” - 3:1 (2:0).
“SHerdor” – “Lokomotiv-BFK” - 3:1 (1:1)



Eng tezkor gol va boshqalar haqida
12-turning 4ta o'yinida jami 12ta gol qayd etildi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 9tani tashkil etdi. Mehmonlar esa 3ta gol urgan.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 5ta gol qayd etilgan bo'lsa, qolgan 7ta to'p ikkinchi taymda kiritildi.

Ushbu turda faqatgina “Zomin” bilan “Yozyovon” jamoalari o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

12-turning ikkita o'yinida bittadan penalti qayd etildi. “Zomin” hujumchisi Doston Toshmatov penaltidan unumli foydalana olmagan bo'lsa, “Iftixor” o'yinchisi Farrux Oxunov “Labsa” darvozasini aniq nishonga oldi.

SHuningdek mazkur turda bitta avtogol ham qayd etildi. “Xotira-79” himoyachisi Sanjar Toshpo'latov jamoasining safarda “Nurafshon”ga qarshi o'tkazgan o'yinida kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi. Etiborlisi uning jamoasi safarda mag'lub bo'ldi.
Ahamiyatlisi bu turda dubl va xet-trik qayd etgan o'yinchilar yuz bermadi.

12-turda kimlar gol urdi?
1. Farrux Oxunov – “Iftixor”.
2. Akmal Xolmatov – “Iftixor”.
3. Dilmuhammad Xudoyberdiev – “Iftixor”.
4. Feruz Mo'yinov – “Labsa”.
5. Murod Rajabov – “Nurafshon”.
6. Oripxo'ja Abduxoliqov – “Nurafshon”.
7. Sanjar Toshpo'latov (avtogol)– “Xotira-79”.
8. Baxtiyor Qosimov – “Xotira-79”.
9. Fahriddin Alimov – “SHerdor”.
10. Abdulla Nabiev – “SHerdor”.
11. Otabek Hamroqulov – “SHerdor”.
12. Timur Ergashev – “Lokomotiv-BFK”.

Ogohlantirish va chetlatish
12-turning 4ta o'yinida jami 15ta sariq va 2ta qizil kartochka qayd etildi. Har bir uchrashuvga o'rtacha 4tadan sariq kartochka demakdir. Etiborlisi “Zomin” jamoasi futbolchilari bu turda birorta ham sariq kartochka olmasdan tartib-intizom bo'yicha boshqalarga o'rnak bo'ldi. Aksincha ushbu  turni safarda o'tkazgan “Yozyovon” jamoasining futbolchilaridan beshtasi sariq kartochka ishlab olib, bu borada “peshqadamlik” qildi. SHuningdek safarda mag'lub bo'lgan “Labsa” futbolchilari ham sariq kartochka olmadi. Faqatgina 1ta o'yinchisiga ikkinchi taymda qizil kartochka ko'rsatildi.
Uchrashuvlarning birinchi taymida 3ta sariq kartochka qayd etildi. Ikkinchi bo'limda esa keskinlik nisbatan ortdi. Boisi o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar yana 13ta futbolchini sariq bilan siyladi.  

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
PRO-Ligada tomoshabinlarning stadionga tashrifi og'riqli nuqtalardan biri bo'lib turibdi. Ayniqsa “B” guruhidagi uchrashuvlarga muxlislar u qadar ko'p tashrif buyurayotgani yo'q. Xususan 12-turning jami 4ta o'yinida 2967 nafar ishqiboz kuzatildi. Bu esa har bir bahsga o'rtacha 741 ta tomoshabin demakdir.
Ushbu turda eng ko'p tomoshabin “Zomin” – “Yozyovon” bahsida kuzatildi. Zomindagi uchrashuvga 1446ta ishqiboz qadam ranjida qilgan.
Liga debyutanti “Nurafshon” jamoasi esa garchi musobaqada peshqadamlik qilayotgan bo'lsada  hamon o'z muxlislarini topa olmayapti.

“Zomin” – “Yozyovon” - 0:0.
Zomin shahri. “Zomin” stadioni. 1446 tomoshabin.
“Iftixor” – “Labsa” - 3:1 (0:1).
Oltiariq shahri. “Markaziy” stadion. 786 tomoshabin.
“Nurafshon” – “Xotira-79” - 3:1 (2:0).
Yuqori CHirchiq tumani. “Do'stlik” stadioni. 175 tomoshabin.
“SHerdor” – “Lokomotiv-BFK” - 3:1 (1:1)
Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 560 tomoshabin.
 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика