So’nggi yangiliklar

07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  1 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  5 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13

PRO-Liga, “A” guruhi. 12-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 12-tur statistikasi

Teglar :  PRO-liga
3 iyun kuni mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida PRO-Liganing 12-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, poyoniga etgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

“Dinamo” safarda ham yuta boshladi
Turning sensacion natijasi qaysidir manoda G'uzorda qayd etildi deyish mumkin. Boisi “SHo'rtan” o'z uyida “Dinamo”ni qabul qilib, kutilmaganda yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Etiborlisit samarqandliklar bundan oldingi turda chempionatdagi ilk g'alabasini tantana qilgandi. Ishtaxa ovqat paytida keladi deganlaridek, Davron Fayziev shogirdlari safarda ham yuta olishlarini isbotladi.

Nukusda kechgan “Orol” – “Norin” bahsi biroz shubha uyg'otdi. Negaki, avvaliga hisobni mehmonlar ochdi. So'ngra mezbonlar 3ta to'p kiritib, hisobda oldinga chiqib olgach, ikkinchi bo'lim o'rtalarida haqqulobodliklar yana ikkita to'p kiritib, hisobni tenglashtirdi – 3:3. SHundan so'ng boshqa gol kuzatilmadi. Qolaversa o'yinda birorta futbolchi xatto sariq kartochka ham olmadi...

Termizdagi “Alpomish” o'yingohida o'tgan turning markaziy o'yinida ham tomonlar durangga imzo chekdi. Garchi “Surxon” futbolchilari tezkor gol kiritib, hisobni birinchi bo'lib ochishgan bo'lsada, o'yin oxirlarida Xusniddin Aliqulov hisobni tenglashtirib, “Mashal”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. SHu tariqa markaziy uchrashuvda kuchlar teng keldi.
O'z uyida har qanday raqibga jiddiy tashvish tug'dira oladigan “Xorazm” bu turda “Istiqlol”ni qabul qilib, ishonchli tarzda g'alabaga erishdi. Farg'onaliklarning tajribali himoyachisi Iqbol Boboxonov avvaliga kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan bo'lsa, keyinchalik bahsning so'nggi daqiqasida Sardor Matmurotov “Istiqlol” darvozasiga ikkinchi golni kiritishga muvaffaq bo'ldi.  
 
“Orol” – “Norin” - 3:3 (3:1).
 “SHo'rtan” – “Dinamo” - 0:3 (0:1).
“Surxon” – “Mashal” - 1:1 (1:0).
“Xorazm” – “Istiqlol” - 2:0 (0:0).

Turning eng tezkor goli va boshqalar haqida
12-turning 4ta o'yinida jami 13ta gol qayd etildi. Bu har bir o'yinga o'rtacha 3tadan gol demakdir.

Mezbon jamoalar kiritgan gollar soni 6tani tashkil etdi. Mehmonlar hisobiga esa 7ta gol yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 6ta gol qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi taymda muxlislar yana 7ta golga guvoh bo'ldi.
Eng ko'p gol qayd etilgan bahs – “Orol” – “Norin” bo'ldi. Har ikki jamoa ham 3tadan gol kiritdi.

“Dinamo” va “Xorazm” jamoalari esa ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Turning eng tezkor goli 3-daqiqada kiritildi. “Surxon”ning tajribali futbolchisi Sardor Eminov “Mashal” bilan uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishga erishdi.
Aksincha turning eng so'nggi daqiqalarida kiritilgan goliga Damir Temirov mualliflik qildi. “SHo'rtan” – “Dinamo” uchrashuvining 90+2-daqiqasida samarqandlik futbolchi raqib darvozasiga uchinchi to'pni kiritib, o'yinga uzil-kesil nuqta qo'ydi.

12-turda dublga erishgan futbolchilar 3tani tashkil etdi. Azamat Bobojonov (“Orol”), “Sanjar Baratov (“Norin”) hamda Daler Olmosjonov (“Dinamo”) ushbu turda ikkitadan to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Etiborlisi ularning jamoasi 12-turda mag'lub bo'lmadi.  

“A” guruhining 12-turida birorta ham penalti qayd etilmadi. Faqatgina 1ta o'yinda avtogol qayd etildi. “Xorazm” – “Istiqlol” o'yinida mehmonlar himoyachisi Iqbol Boboxonov kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yubordi. Yakunda uning jamoasi safarda mag'lub bo'ldi.  

12-turda kimlar gol urdi?
1. Navro'z Alimov – “Orol”.
2. Azamat Bobojonov (2ta) – “Orol”.
3. Sanjar Baratov (2ta) – “Norin”.
4. Daler Olmosjonov (2ta) – “Dinamo”.
5. Damir Temirov – “Dinamo”.
6. Sardor Eminov – “Surxon”.
7. Xusniddin Aliqulov – “Mashal”.
8. Iqbol Boboxonov (avtogol) – “Istiqlol”.
9. Sardor Matmurotov – “Xorazm”.
 
Sariq kartochka bo'yicha “Mashal” “peshqadam”!
12-tur o'yinlarini boshqarib borgan hakamlar jami 15ta futbolchini sariq kartochka bilan siyladi.
Mezbon jamoalarning 9ta o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, mehmonlardan esa 6ta o'yinchi ogohlantirildi.
“Orol” – “Norin” o'yinida bosh hakam Olim Tolibjonov cho'ntagidan birorta ham sariq kartochkani chiqarmaganini alohida etirof etish darkor.
SHuningdek ushbu turda safarda yirik hisobda g'alaba qozongan “Dinamo” jamoasi ham tartib-intizom bo'yicha boshqalarga namuna bo'ldi.
“Mashal” futbolchilari esa bu borada “peshqadamlik” qildi. “Gazchilar” safarda “Surxon”ga qarshi bahsda ko'p vaziyatlarda asablarini jilovlay olmagan ko'rinadi. Sababi bosh hakam Viktor Serazetdinov shu kuni muborakliklarning 6 nafar o'yinchisini sariq kartochka bilan siyladi. Mezbonlardan esa 2ta futbolchini ogohlantirdi.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
12-turning 4ta o'yiniga jami 6155ta muxlis kirgan. Har bir o'yinga o'rtacha 1538 nafar tomoshabin demakdir.

Eng ko'p ishqiboz tashrif buyurgan o'yin – “Surxon” – “Mashal” bahsi bo'ldi. Termizdagi “Alpomish” nomli stadionga turning markaziy uchrashuvini ko'rish uchun 3702ta muxlis kirgan.

Aksincha G'uzorda kechgan “SHo'rtan” – “Dinamo” o'yinida turning eng kam ishqibozini ko'rish mumkin edi. Mazkur uchrashuvga atiga 653ta ishqiboz kirgan.  

“OROL” – “NORIN” - 3:3 (3:1).
Nukus shahri. “Turon” stadioni. 825 tomoshabin.
 “SHO'RTAN” – “DINAMO” - 0:3 (0:1).
G'uzor shahri. “G'uzor” stadioni. 653 tomoshabin.
“SURXON” – “MASH'AL” - 1:1 (1:0).
Termiz shahri. “Alpomish” stadioni. 3702 tomoshabin.
“XORAZM” – “ISTIQLOL” - 2:0 (0:0).
Urganch shahri. “Yoshlik” stadioni. 975 tomoshabin.

Navbatdagi turda uchrashadilar
13-tur.
7 iyun (payshanba)

«Mashal» - «Xorazm»
«Dinamo»  - «Surxon»
«Norin» - «SHo'rtan»
«ANDIJON» - «Orol»
«Istiqlol» dam oladi


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика