So’nggi yangiliklar

02:02КЖЧ. Лео Мессининг супер голи "Интер Майами"га иродали ғалаба тақдим қилди  20 01:50Ўзбекистон U-17 иккинчи ўртоқлик ўйинида Боливия U-17ни мағлуб қилди  20 01:03Женнаро Гаттузо: "Ҳозирги футболда Гаттузони майдонга туширмаган бўлардим"  2 00:33"Барселона" 7 футболчисидан қутулмоқчи  1 23:59Клублар ўртасидаги ЖЧ. 40 дақиқа тўхтаб қолган ўйин якунига етди  1 23:34Акмал Рустамов: "Ёшларга ишонч билдиряпмиз"  0 23:22Максим Шацких: "Легионерлар нега кетишди? Улар менинг олдимга келишди, шунчаки жамоада ўйнамаслигини айтишди"  7 23:09КЖЧ. "Пальмейрас" - "Ал Аҳли" учрашуви тўхтатилди. Нега?  8 22:42Ҳаким Фузайлов: "Сўнгги ўйинимизни 3 кун олдин ўтказгандик, йигитларда чарчоқ аломатлари сезилди"  2 22:18"Рома" клубга "янги" спорт директори тайинланганини эълон қилди  1 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" муҳим учрашувда "Хоразм"ни мағлуб этди  10 21:59Суперлига. "Андижон" ва "Қизилқум" "Бобур Арена"да муроса кўчасини танлади  51 21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  5 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  6 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  6

PRO-Liga, “A” guruhi. 11-tur statistikasi Yangiliklar

PRO-Liga, “A” guruhi. 11-tur statistikasi

Teglar :  PRO-liga11-tur
O'tgan hafta PRO-Liganing 11-tur o'yinlari poyoniga etdi. Odatga ko'ra, bo'lib o'tgan uchrashuvlarning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.

PRO-Liga, “A” guruhi. 11-tur natijalari

“ISTIQLOL” – “SURXON” - 4:2 (3:0).
“MASH'AL” – “SHO'RTAN” - 3:0 (1:0).  
 “NORIN” – “ANDIJON” - 0:0.
 “DINAMO” – “OROL” - 2:0 (1:0).

“A” guruhdagi 4ta o'yinda aytarli sensaciya yuz bermadi. “Dinamo” nihoyat chempionatdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Etiborlisi samarqandliklar bungacha g'alaba nima ekanligini bilmay kelayotgandi. Davron Fayziev boshqaruvidagi jamoa 11-turda o'z maydonida “Orol”ni qabul qilib, 2:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi.
Farg'onada kechgan turning markaziy o'yinida mezbonlarning qo'li baland keldi. Ochig'i shu kuni “Surxon”ni yirik hisobda mag'lub bo'lishini ko'pchilik kutmagan bo'lsa kerak. “Istiqlol” futbolchilari asosiy raqibini taslim etib, ochkolari sonini tenglashtirib olishga muvaffaq bo'ldi. Voha derbisida kutilganidek, “Mashal”ning qo'li baland keldi. “SHo'rtan”ga qarshi bahsda muborakliklar javobsiz 3ta to'p kiritdi. Superligaga chiqish yo'lida kurashayotgan “Andijon” bu turda “Norin” maydoniga safar uyushtirib, nursiz durang qayd etdi.



Turning eng tezkor goli va boshqalar haqida
11-turning 4ta o'yinida jami 11ta gol qayd etildi.

SHundan 9tasini mezbon jamoalar kiritgan. Qolgan 2ta to'p mehmonlar hisobiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi taymida 5ta gol qayd etildi.

Ikkinchi bo'limda esa darvozalarga yana 6ta to'p kiritildi.

Eng ko'p gol urgan jamoa –“Istiqlol” bo'ldi. Farg'onaliklar o'z maydonida “Surxon” darvozasiga 4ta to'p kiritdi.

“Andijon”, “Mashal”, “Norin” hamda “Dinamo” jamoalari ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga erishdi.

Turning eng tezkor goli 8-daqiqada kiritildi. “Mashal”ning etakchi o'yinchisi Akrom Bahriddinov “SHo'rtan”ga qarshi uchrashuvda tezkor gol kiritib, uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Etiborlisi uning jamoasi yakunda yirik hisobda g'alaba qozondi.

Aksincha turning eng so'nggi goli 87-daqiqada yuz berdi. “Surxon” hujumchisi Farhod Tojiev “Istiqlol” darvozasiga penaltidan to'p kiritib, hisobni bittaga qisqartirdi.
Mazkur turda ikki nafar futbolchi dubl qayd etdi. Ahamiyatlisi har ikkisi ham bitta uchrashuvda yuz berdi. “Istiqlol” azosi Anvar Xojimirzaev “Surxon” darvozasini ikki bor aniq nishonga olgan bo'lsa, termizliklarning tajribali hujumchisi Farhod Tojiev farg'onaliklarning 4ta goliga 2ta gol bilan javob qaytardi.
11-turda hakamlar 3ta penalti belgilashga qaror qildi. Ularning barchasi aniq amalga oshirildi. Aziz Madaliev (“Istiqlol”), Farhod Tojiev (“Surxon”) va Sardor Rahmonov (“Mashal”) 11 metrlik nuqtadan adashmadi.

SHuningdek ushbu turda bitta avtogol qayd etildi. “Surxon” himoyachisi Azizbek Usmonov “Istiqlol” bilan o'yinda kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib yuborib, uchrashuvda hisobni ochib berdi.

11-turda kimlar gol urdi?
1. Azizbek Usmonov (avtogol) – “Surxon”.
2. Anvar Xojimirzaev (2ta) – “Istiqlol”.
3. Aziz Madaliev – “Istiqlol”.
4. Farhod Tojiev (2ta) – “Surxon”.
5. Akrom Bahriddinov – “Mashal”.
6. Xumoyun Murtazoev  – “Mashal”.
7. Sardor Rahmonov  – “Mashal”.
8. Dalerjon Olmasjonov  – “Dinamo”.
9. Maradona Safarov – “Dinamo”.

 
Ogohlantirish va chetlatishlar haqida
11-turning 4ta o'yinida hakamlar tomonidan jami 17ta futbolchiga sariq kartochka ko'rsatilgan.

SHundan 10tasi mezbon jamoa o'yinchilariga, qolgan 7ta sariq kartochka esa mehmon jamoa futbolchilari tomon ko'rsatilgan.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida atiga ikki nafar futbolchi sariq kartochka bilan siylangan bo'lsa, ikkinchi bo'limda qoida buzilishlar ko'p uchradi shekilli yana 13ta futbolchi ogohlantirildi. Xatto o'yindan keyin ham sariq kartochka olgan futbolchilar uchradi. Rizo Ayvazov (“Istiqlol”) va Najmiddin Normurodov (“Surxon”) bosh hakam Temur To'xtasinov tomonidan uchrashuv yakunlangach ogohlantirilgan.

“Mashal” futbolchilari 4ta sariq kartochka ishlab olib, ushbu turda “peshqadamlik” qildi.

Bu borada “Norin” va “Andijon” jamoasining 1tadan futbolchisi sariq kartochka olib, boshqalarga namuna bo'ldi.

11-turda qizil kartochka olib, maydonni sheriklaridan oldinroq tark etgan futbolchi ham uchradi. “Mashal” hujumchisi Vohid SHodiev raqibiga nisbatan ishlatgan qo'pol xarakati uchun bosh hakam Jasur Muxtorov tomonidan to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jazolandi.

Ostonamizdagi uchrashuvlar
12-tur.
3 iyun (yakshanba)
«Orol» - «Norin»
«SHo'rtan» - «Dinamo»
«Surxon» - «Mashal»
«Xorazm» -  «Istiqlol»
«Andijon» dam oladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика