So’nggi yangiliklar

00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  1 23:58Шквирин "Андижон"да  2 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  5

PRO-liga-2018. Barcha klublar nomi elon qilindi, Yoshlar ittifoqi jamoasi ham bor Yangiliklar

PRO-liga-2018. Barcha klublar nomi elon qilindi, Yoshlar ittifoqi jamoasi ham bor

Teglar :  PRO-liga
Futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati - Oliy liga musobaqasi yangi mavsumdan boshlab “O'zbekiston Superligasi”, Birinchi liga esa “O'zbekiston PRO-ligasi” deb nomlanishi, Superligada jami 12ta, Pro-ligada esa 16ta jamoa ishtirok etishi malum qilingandi.

Superligada barcha masalalar hal etilib bo'lindi, yana to'rt kundan so'ng yangi mavsum start oladi. Bugun esa Pro-ligada ishtirok etuvchi jamoalar nomi ham aniqlandi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan  Superliga klublari oldiga licenziyalash bo'yicha malum talablar qo'yilgan bo'lsa Pro-liga jamoalari ham malum talablarga javob berishi belgilangan.

O'tgan davr mobaynida O'zbekiston futbol federaciyasi hamda Professional futbol ligasi tomonidan mazkur talablarni bajarilishi holatini o'rganish yuzasidan Ishchi guruh tashkil etilib, bugungi kungacha futbol klublari hamda uning infratuzilmasi o'rnatilgan tartibda uch martadan o'rganildi va tekshiruvdan o'tdi. Tekshiruv jarayonida asosiy etibor futbol klublarining stadionlari holati, u erda yaratilgan shart-sharoitlar, klub infratuzilmasi, futbol bazalaridagi umumiy holatga qaratildi.

Superligadan farqli ravishda, Pro-ligada o'ynash istagida bo'lgan, biroq avvallari birinchi ligada faoliyat yuritmagan jamoalar ham bo'ldi. Buxoroning “Labsa”, Toshkent viloyatining “Ahmad Yassaviy” jamoalari bunga misol bo'la oladi. Ammo bu jamoalarda sharoitlar talab darajasida emasligi, stadion, baza masalalari hal etilmaganligi sababli Pro-ligaga ruxsat berilmadi. SHuningdek, Navoiy viloyatida Pro-Ligada ishtirok etishga munosib jamoa mavjud emasligi viloyat rahbariyati tomonidan malum qilindi va Pro-Ligada ishtirok etuvchi jamoa kelgusi mavsumda Ligada ishtirok etishini taminlash borasida tashkiliy ishlar amalga oshirilishini malum qilishdi. Ayni damda “Qizilqum” klubi viloyat sharafini Superligada himoya qilayotgani bois, Pro-Ligada ishtirok etadigan klubni tashkil qilish masalasi keyinchalik ko'rib chiqilishi bildirildi. Pro-liga azolari orasida “Yangier” jamoasi ham bo'lishi mumkin edi, biroq viloyat mutasaddilari bu yilcha mazkur klubning infratuzilmasini shakllantirib olish taklifi bilan chiqqanligi uchun ular ham Pro-liga vakillari orasiga kiritilmadi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan futbol klublari rahbariyati, hududiy futbol federaciyasi prezidentlariga rasmiy xat yo'llandi.

Pro-liga ishtirokchilari qatoridan “Iftixor” nomi ostidagi jamoa ham joy olgan. Respublika Yoshlar ittifoqi sharafini himoya qiluvchi jamoa Pro-Ligada debyut mavsumini o'tkazadi.

SHuningdek, har bir xududdan bittadan futbol klubi ishtirok etishiga imkoniyat berilgan bo'lsa ham, yuqorida takidlanganidek, ayrim xududlarda Pro-Ligada ishtirok etuvchi futbol klublariga nisbatan belgilangan talablarga javob bera oladigan va ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbol klublari mavjud emasligi o'rganishlar davomida aniqlandi. SHu munosabat bilan, “Bunyodkor” va “Paxtakor” futbol klublariga tegishli futbol maktablarini tamomlagan yoshlarni futboldagi iqtidor hamda qobiliyatini yuqori baholab, Professional futbol klublariga jalb etilishida ularga qo'shimcha imkoniyatlar yaratish uchun har ikki klubning yoshlar jamoalariga Pro-Ligada ishtirok etishga ruxsat berildi. Takidlash joiz, ushbu jamoalar shuningdek, yoshlar va olimpiya terma jamoalariga munosib nomzodlar tayyorlash maqsadida baza sifatida ham shakllantiriladi.

O'zbekiston futbol federaciyasi Ishchi guruhi azolarining yakuniy xulosasi asosida O'zbekiston futbol federaciyasi Ijroiya Qo'mitasi Byurosining 23 fevraldagi 7-sonli Qarori qabul qilindi. Unga ko'ra, 2018 yilgi mavsumda Pro-ligada ishtirok etuvchi futbol klublari qo'yidagi tarkibda tasdiqlandi:

1. “Mashal” (Qashqadaryo viloyati Muborak shahri)
2. “SHo'rtan” (Qashqadaryo viloyati G'uzor shahri)
3. “Dinamo” (Samarqand shahri)
4. “Istiqlol” (Farg'ona viloyati Quvasoy shahri)
5. “Yozyovon” (Farg'ona viloyati Yozyovon tumani)
6. “Xotira-79” (Namangan viloyati Uychi tumani)
7. “Iftixor” (Yoshlar Ittifoqi jamoasi)
8. “Zomin” (Jizzax viloyati Zomin tumani)
9. “Xorazm” (Xorazm viloyati Urganch shahri)
10. “Andijon” (Andijon viloyati Andijon shahri)
11. “Orol” (Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahri)
12. ”G'ijduvon” (Buxoro viloyati G'ijduvon tumani)
13. “Surxon” (Surxondaryo viloyati Termiz shahri)
14. “Bunyodkor-2” (Toshkent shahri)
15. “Paxtakor-2” (Toshkent shahri)
16. “Lokomotiv BFK” (Toshkent shahri).

O'zbekiston futbol federaciyasining asosiy maqsadi Pro-liga klublari saviyasi o'rtasidagi farqni maksimal tarzda kamaytirish, milliy chempionat bahslarida faqat zamonaviy talablarga javob beradigan, raqobatbardosh bo'lgan futbol klublarining ishtirokini taminlashdan iborat.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика