So’nggi yangiliklar

16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2

“Pro” licenziyasi uchun o'qish avjida Yangiliklar

“Pro” licenziyasi uchun o'qish avjida

Poytaxtimizda “Pro” licenziyasi uchun navbatdagi kurslar 18 noyabrdan start olgani haqida xabar berib o'tgandik.
Hozirda kursning birinchi moduli davom etmoqda. Kecha ish yuzasidan CHig'atoy futbol markaziga borib, “Pro” uchun tahsil olayotgan murabbiylarning bir kunlik darsi bilan qiziqdik.

O'qish quyidagi tartib bo'yicha olib borilmoqda. Murabbiylilar haftasiga olti kun qatnab o'qishadi. Darslar dushanbadan to jumagacha ertalabdan kechgacha o'tkazilsa, shanba kuni kunning faqat birinchi yarmida o'qish olib boriladi. Yakshanba esa odatdagidek dam olish kuni. Biz borganimizda kun tartibidan o'rin olgan mavzu “Qarshi hujum va uning mohiyatlari” xususida ekan.

“Pro” uchun kurslarda dastlab germaniyalik mutaxassis Erik Rutmyuller zamonaviy futbolda qarshi hujumlarni uyushtirish va undan unumli foydalanish qanchalik foyda berishi haqida qisqagina maruza qildi. Aytgancha, 1992 yil Rostokning “Ganza” klubini boshqargan Erik Rutmyuller kurslarda OFKning bosh yo'riqchisi sifatida ish olib boryapti. Mutaxassisning aytishicha, har kungi o'qishlar ajoyib tarzda davom etmoqda, bunda o'zbekistonlik murabbiylar o'z bilim va malakalarini oshirib borishyapti.

Germaniyadan tashrif buyurgan FIFA yo'riqchisi qarshi hujum to'g'risida maruza qilib bo'lgach, navbat “Mashal” futbol klubi bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakovga keldi. “Zamonaviy futbolda qarshi hujum va uning mohiyatlari” mavzusi bo'yicha maruza tayyorlab kelish Aleksandr Xomyakovga topshirilgan ekan. Aleksandr Andreevich doska yoniga borib, qarshi hujum to'g'risidagi bilimlarini tinglovchilar bilan o'rtoqlashdi va qarshi hujumlardan unumli foydalanish qanchalik samara berishi to'g'risida doskaga sxemalar chizish orqali tushuntirib berdi.

Bir soatga yaqin davom etgan nazariy dars yakuniga etgach, endi shuni amalda qo'llash uchun murabbiylar maydonga chiqishdi. Bunda Aleksandr Xomyakov o'z yordamchisi Jamshid Saidov bilan birgalikda “Lokomotiv” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari yordamida qarshi hujumlar qanday tashkil etishni ko'rsatib berdi. Amaliyot yakuniga etganidan so'ng murabbiylar yana o'quv xonasiga qaytib, shu kungi mavzu yuzasidan fikr almashishdi. Maydonda murabbiylar olib borgan mashg'ulotni taniqli mutaxassis Rustam Akramov ham kuzatib borganini aytib o'tmasak bo'lmaydi.

SHunday qilib, 3 dekabrdagi o'quv-kurslarda Andrey SHipilov, Murod Ismoilov, Tohir Kapadze, Grigoriy Kolosovskiy, Dilshod Nuraliev, Otabek G'ulomxo'jaev, Aleksandr Xomyakov, Jamshid Saidov, Baxtiyor Ashurmatov, SHuhrat Maqsudov, Zavisha Miloslavlevich (Serbiya), Dilvand Singx (Singapur) kabi murabbiylar ishtirok etishdi.

Xayrulla Xoliqov. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика