So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  0 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

Princip kerak! Yangiliklar

Princip kerak!

Kecha Abramov va Imomxo'jaev o'rtasida bo'lib o'tgan so'z o'yinlariga hech kim (Abramovdan tashqari) izoh bermadi.

Bizga malum bo'lgan yagona narsa, Mirjalol Qosimov va Samvel Babayan chempionatdagi jamoalar sonini 14tadan 16taga ko'paytirish kerakligini aytgan va buni Vadim Abramov qo'llab-quvvatlagan holda, bu terma jamoaning manfaati yo'lida xizmat qilishi mumkinligini aytgan.

Endi 2023 yildan etiboran chempionatimizda 16ta jamoa ishtirok etishi kerakmi, degan savolga javob bersak.

16ta jamoa bo'lgani yomon emas, bu MTJ o'yinchilari uchun deyarli hech nimani o'zgartirmaydi. chunki bugungi kunda terma jamoa azolari asosan 3-4ta klub va horijliklar evaziga shakllanyapti (“Nasaf” 6 nafar, “Paxtakor” 5 nafar, “Navbahor” va AGMK 2 nafar, “Lokomotiv” 1 nafar). Mahalliy klublar esa, shundog'am futbolchilarni FIFA kunlaridan tashqarida ham ketib qolayotganidan jabr chekyapti. Qolgan klublarni MTJ oldida hech qanday majburiyati yo'qdek. Bu erda faqat “Bunyodkor”ni chetga surib turamiz, terma jamoadagi aksar futbolchilar aynan shu klubning mehnati. Demoqchi bo'lganim, 14ta bo'ladimi, 16tami, MTJ bundan zo'r bo'lib qolmaydi. Paytida 18ta klub bo'lgan, MTJ o'shanda ham JCHga chiqa olmagan.

Superligada jamoalarning kamligi ikkita terma jamoamizning zarariga ishlayapti. Bu, Olimpiya terma jamoasi va yoshlar terma jamoasi. Lekin bu terma jamoalar Superliga jamoalarining ham zarariga xizmat qilyaptilar. Ayniqsa yoshlar terma jamoasining yig'ini ko'payib ketgani ortidan, klublar 2003-04 yilda tavallud topgan futbolchilarning xizmatidan foydalanmaslikka qaror qilyapti. Sababi oddiy, ular bilan o'yinga tayyorlansangda, xizmatidan foydalana olmasang. 

Agar superligadagi jamoalar soni 16taga etsa, bu yana 40 nafar futbolchiga extiyoj degani. Yuqoridagi klublardagi raqobatni engib o'ta olmagan futbolchilar aynan pastki o'rinlarda yuradigan jamoalarga ijaralarga beriladi. Yana bir foydali tomoni, tepa 5-6talikda turgan jamoalarda 5-6 mingga o'ynab yurgan futbolchilarga, 12-16 o'rinlardagi jamoalar 8-10 ming beradi, qolish uchun ulardan yordam kutadi. Natijada tepada bo'shagan joyga yoshlar o'ynay boshlaydi. Avvallari shuning uchun ham yoshlar terma jamoalarimizda yaxshi saviyadagi futbolchilar ko'p bo'lgan va ular birin ketin JCHlarda ishtirok etgandi. 

2022 yilgi mavsum O'zbekiston chempionatlarining barcha mavsumlaridagi eng qari tarkiblarga ega musobaqa sifatida tarixdan o'rin oladigan bo'ldi. Qolgan detallarga to'xtalib o'tirmaymiz, uning uchun mavsum tugashini kutamiz va statistikani ko'targan holda, keyingi yillar bilan taqqoslaymiz. Hozir gap chempionatni 16ta jamoa bo'lishi haqida ketyapti. Odatdagidek, 2-3 nafar murabbiy yig'ilishda gapirgan, qolganlar uchun “dunyoni suv bossa, o'rdakka ne g'am” bo'lgan.

CHempionatda 16ta jamoa bo'lishini istasak, biz 2024 yilni kutishimiz kerak bo'ladi. Hozir biz 2023 yilda jamoalar sonini ikkitaga oshinini aytadigan bo'lsak, chempionatning 8-14 – o'rinlaridagi intriga “o'ladi”. Quyi o'rinlardagi qiziqishni yo'qolishi, tabiiyki tepaga ham tasir qiladi. Superligada qolish uchun o'ynayotgan klublarning deyarli barchasini uchlikda turgan jamoalarga qarshi o'yinlar kutib turibdi. “Bunyodkor” – “Navbahor”, “Surxon” – “Paxtakor”, “Neftchi” – “Navbahor”, “Paxtakor” – “Lokomotiv”, “Navbahor” – “Dinamo” va “Nasaf” – “Bunyodkor” kabi o'yinlar turnir jadvalidagi intrigani buzib qo'yishi mumkin. CHunki ular musobaqadan chiqib ketmasligini bilgan holda maydonga chiqadilar. SHuning uchun ham 2023 yilda 16ta jamoani ishtirok etishini qaror qilish noto'g'ri. Balki mavsum tugaganidan keyin nimadirlar o'zgarib, 16ta jamoa bo'lishi mumkinligini haqida gap so'z bo'lar, lekin bu haqda chempionat yakuniga etmaguniga qadar hech qanday fikr yuritilishi kerak emas.

Agar biz 16ta jamoa qilishni istasak, marhamat, yangi yil reglamentiga band kiritilsin va 2024 yilda jamoalar soni 2taga ko'payishi haqida yozib o'tilsin. SHunda, 2023 yil yakunilariga ko'ra 14-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa to'g'ridan-to'g'ri PRO ligaga yo'l oladi. 13-o'rin esa o'tish turnirida PRO liganing 4-o'rinni olgan jamoa bilan bahs olib borsin. PRO Ligada esa 1, 2, 3 – o'rinni qo'lga kiritgan klublar Superligaga chiqsin. 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика