So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  1 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53

Primera yoki La Liga?! Qay biri to'g'ri? Yangiliklar

Primera yoki La Liga?! Qay biri to'g'ri?

Angliyada – APL, Germaniyada – Bundesliga, Italiyada esa – A Seriya. Ulardan faqat Ispaniya chempionati ikki nomga egaligi bilan ajralib turadi.

Bu chempionat ikki nom bilan atalishidan yaxshigina xabaringiz bor: Primera va La Liga.

"Primera" varianti qaerdan kelib chiqqan?

Liganing to'liq nomi – Primera Divison. U ispan tilidan tarjima qilinganida "Birinchi divizion" degan manoni anglatadi. SHunga ko'ra, ispan futboli tizimidagi qolgan ligalar ham ketma-ketlikda shunday nom bilan atalib ketaveriladi: Segunda – "Ikkinchi", Tersera – "Uchinchi" va h.k.

Primera – Ispaniya futboli birinchi divizionining tarixiy nomi. Oliy liga ushbu nom ostida 1928-1929 yilgi mavsumda mashhurlikka erishgan. O'shanda u Ispaniyada ilk rasmiy chempionat bo'lgandi.

"La Liga" varianti qaerdan kelib chiqqan?

Bu nom Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi birinchi va ikkinchi divizionda chempionatni tashkil etish majburiyatini boshqa yuridik shaxsga o'tkazgan vaqti (1984-1985 yilgi mavsum)da paydo bo'lgan. Buning uchun yangi tashkilot tuzishgan: "Liga de Fútbol Profesional" (Professional futbol ligasi - PFL) yoki qisqacha – "La Liga". Xuddi shunga o'xshash hodisa Rossiya futbolida ham bo'lgan: RFS terma va futbolni rivojlantirish ishlari bilan shug'ullansa, RFPL esa – faqat liga bilan ishlaydi.

O'shandan buyon oliy divizionning to'liq nomi quidagicha atalidan bo'lgan – "Liga Nacional de Fútbol Profesional de Primera División". Uning birinchi qismini odatda "La Liga" ko'rinishigacha qisqartiriladi, ikkinchi qismi esa – "Primera". Bundan tashqari, uning yana bir tijoriy nomi bor: 10 yil avval Ispaniya chempionati "LaLiga BBVA" deb atalgan, hozirda esa "La Liga Santander" deyiladi. "Santander" – Ispaniyaning yirik banklaridan biri bo'lib, ular nom bo'yicha huquqlarni sotib olganlar. 

Qaysi nomdan foydalangan yaxshiroq?

Rasmiy hujjatlar uchun "LaLiga Santander" (manosi – oliy liga) variantidan foydalangan maqul. "Liga Nacional de Fútbol" (manosi – tashkilot, Primera va Segunda misolida) va "Liga Nacional de Fútbol Profesional de Primera División" (oliy liga manosida) — bu nomlardan esa asosan Ispaniya chempionati rasmiy saytlarida foydalanishadi.

Rossiyada odatda "Primera" varianti ishlatiladi (Google qidiruv tizimidagi 8 millionga qarshi 19 million so'rovlar). Bunga bir qator sabablar bor:

• Birinchidan, u hali ham to'liq nomning bir qismi sanaladi, shuning uchun eskirmagan.
• Ikkinchidan, bu nomdan foydalanganda birinchi ligani ikkinchisidan ajratish biroz osonroq bo'ladi. o'zingiz solishtirib ko'ring: Primera va Segunda yoki La Liga Santander va La Liga Smartbank.
• Uchinchidan, "Primera" nomini boshqa mamlakat ligalari bilan adashtirib yuborish mumkin emas. (har holda Evropa chempionatlari ichida). Ammo "La Liga" nomi masalan, Franciyaning "Liga 1" biroz o'xshab ketadi. Ispaniyaning yirik futbol OAVi, "Marca" va "AS", ko'proq rasmiy nomdan foydalanadi – "LaLiga Santander". SHu sababli ham, ispanlarning deyarli barcha saytlarida turnir nomi La Liga deb yozilgan.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика