So’nggi yangiliklar

11:37Расман: "Динамо" буркина-фасолик футболчини таркибга қўшиб олди  1 11:05"Реал Мадрид" ПСЖ футболчисига 90 миллион евро беришга тайёр  0 10:41"Динамо"дан навбатдаги юриш. Жамоа Буркина-Фасо терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  2 10:19Марадонанинг йиртилган формаси кимошди савдосида жуда қимматга сотилди  3 09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  3 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  5 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  15 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  5 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1

Prevyu. Zomin - Paxtakor-2 Yangiliklar

Prevyu. Zomin - Paxtakor-2

Teglar :  Paxtakor-2Zomin
Ertaga O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichning 8–tur uchrashuvlariga start beriladi.

Bunda Zominning “Zomin” jamoasi “G'allaorol” o'yingohida Toshkent shahrining “Paxtakor-2” jamoasini qabul qiladi.

O'zaro jamoalar ettinchi bor to'qnash kelishmoqda. Jamoalar birinchi bor 2012 yilgi O'zbekiston Birinchiligi bahslarida to'qnash kelishgan, o'shanda jamoalar o'zaro duranga imzo chekishgan edi. Oxirgi bor 2015 yilgi musobaqalarining ikkinchi bosqich 12-tur bahsida uchrashishgan bo'lib, zominliklar o'z uyida 1-0 hisobida g'alaba qozongan edi. Birinchi liga bahslarida “Zomin” jamoasi to'rtta uchrashuvda g'alaba qozongan va yana ikki uchrashuvda jamoalar murosa yo'lini tanlashgan. O'zaro o'yinlarda “Zomin” jamoasi 14ta gol urib, o'z darvozasidan 6ta gol o'tkazib yuborgan.

Oldingi natijalarga qarab baho beradigan bo'lsak, “Paxtakor-2” jamoasi xozirgacha “Zomin” jamoasini biror marta ham mag'lubiyatga uchrata olmagan, hozircha "Zomin” jamoasining qo'li baland kelib turibdi.

Bugun, musobaqa jadvalida hozircha kuchli uchlikni maqsad qilgan “Zomin” jamoasi uchun bugungi uchrashuv navbatdagi sinovdir. Bugungi uchrashuvda “Zomin” jamoaning g'alaba qozonish uchun imkoniyatilari yuqori.   

Ikkala jamoaga ham omad tilaymiz.
Imkoniyatlar: 60/20/20


O'ZARO UCHRASHUVLAR
2012 YIL
10-tur.7 may (dushanba)   
Paxtakor-2 (Toshkent) – Zomin (Zomin)   2-2.


14-tur. 2 iyun (shanba)   
Zomin (Zomin) - Paxtakor-2-CHilanzar (Toshkent) 2-1.

2014 YIL
IKKINCHI BOSQICH
6-tur. 7 sentyabr (yakshanba)
Paxtakor-2 (Toshkent) - Zomin (Zomin) 1:1.

11-tur. 5 oktyabr (yakshanba)
Zomin (Zomin) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 2:0. 855 tomoshabin.
Hakamlar:
N. Boltaev (Navoiy), A. O'rinov (Farg'ona), Z. Abdurahmonov (Andijon), SH. Qayumov.
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
Gollar: A. Abdulhaqov (51), D. Nurullaev (89).
Ogohlantirishlar: B. Rahimov (11), A. Abdulhaqov (25), D. Ismoilov (63), D. Saidov (70), D. Komilov (79) – T. Tolipov (22), I. Karimov (58).
CHetlatishlar: B. Rahimov (ikkinchi ogohlantirish, 76) – N. Yo'ldoshev (72).

2015 YIL
IKKINCHI BOSQICH
5 tur. 5 sentyabr (shanba)
Paxtakor-2 (Toshkent) – Zomin (Zomin) – 2:6. 87 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Ergashev (Toshkent), D. Akmalov (Toshkent), S. Abduraxmanov (Toshkent), N. Anfinogenov.
Nazoratchi: S. Zaylobidinov (Farg'ona).
Gollar: B. Sadullaev (55), A. Djuraev (60) – D. Toshmatov (8, 14, 18, 86), I. Biyturaev (45+1), S. Inomjanov (70).
Ogohlantirishlar: I. Abdullaev (27), B. Toshmirzaev (28), D. Kodyrov (45), S. Sindarov (83) – A. Abdulxakov (15), A. Mansurov (87).

12-tur. 17 oktyabr (shanba)
Zomin (Zomin) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 1:0. 1856 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Raximov (Andijon), F. Usmanov (Qarshi), Z. Elibaev (Qarshi)
Nazoratchi:A. Tambovcev (Toshkent).
Gol:D. Maripov (88).
Ogohlantirishlar: S. Inomjonov (40), A. Abdulhaqov (62), A. Mansurov (80), I. Biyturaev (90), A. Abdullaev (90+4) – D. Axmadov (43), M. Burxanov (85).

2016 YIL
8-tur. 8 may (yakshanba)
“G'allaorol” o'yingohi. Soat 17-00
Zomin (Zomin) – Paxtakor-2 (Toshkent)
Hakamlar:
K. Rasulov (Qarshi), I. Nosirov (Namangan), E. Tursunov (Namangan).
Nazoratchi: F. Hasanov (Namangan).

Akmal Raxmatullaev tayyorladi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика