So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  1 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  10 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  122 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Prevyu. Yoki Janubiy Koreyani yutamiz, yoki ... Yangiliklar

Prevyu. Yoki Janubiy Koreyani yutamiz, yoki ...

O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasidagi eng muhim o'yinni 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Janubiy Koreya terma jamoasi O'zbekistonning eng noqulay raqiblaridan biri hisoblanadi. SHu kunga qadar bu ikki jamoa 14 marta o'zaro to'qnash kelishgan. SHulardan 10tasida koreyslar g'alaba nashidasini surishgan. Uchta bahsda g'olib aniqlanmagan. O'zbekiston o'z tarixida Janubiy Koreyani faqat bir marta mag'lub etishning uddasidan chiqqan! O'zbekiston 14ta o'yinda raqib darvozasiga 14ta gol urgan. Koreyslar esa 30 marta to'p kiritishga muvaffaq bo'lishgan.

Biz bu jamoalarning oldingi o'yinlarini yodga olishga qaror qildik.

Dastlabki uchrashuv 1994 yil Yaponiyaning Xirosima maydonlarida bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari yarim finaliga to'g'ri keladi. Rustam Akramov boshchiligidagi jamoamiz o'shanda Azamat Abduraimovning uzoq masofadan urgan goli evaziga 1:0 hisobida zafar quchib tarixiy g'alabani qo'lga kiritgandi. O'shandan keyin bizning jamoa koreyslarni umuman mag'lub eta olmay kelmoqda.



Navbatdagi to'qnashuvlar JCH-1998 saralashi doirasida bo'lib o'tgan. Dastlab Seulda o'tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g'olib chiqishgan. Uchrashuvda maydon egalari hisobni ochishgan, ikkinchi bo'limda Oleg SHackix muvozanatni tiklagan, ammo uchrashuv tugashiga 3 daqiqa qolganida mezbonlar gol urib baribir g'alabani ilib ketishgandi.

Toshkentda o'tgan uchrashuv esa biz uchun sharmandali tarzda tugagan. Koreyslar "Paxtakor"da 38 ming muxlis qarshisida bizning terma jamoani 5:1 hisobida taslim qilib ketishgandi. O'sha kuni O'zbekiston o'z maydonidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib olgan edi. Jamoamiz safida yagona golga Andrey Fyodorov penaltidan mualliflik qilgandi.

SHundan so'ng bu ikki jamoa 8 yil davomida umuman to'qnash kelishmadi. JCH-2006 saralashi 3-bosqichida O'zbekiston va Janubiy Koreya bir guruhdan o'rin oldi. Seuldagi bahs yuqoridagi kabi 2:1 hisobida o'z yakuniga etdi. Bizning jamoadan yagona javob to'piga Aleksandr Geynrix mualliflik qilgandi.



2005 yil iyun oyida Toshkentda o'tgan uchrashuvda esa vakillarimiz tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishgandi. Bahsning 62-daqiqasida Maksim SHackix hisobni ochishga erishgandi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda mehmonlar gol urib bizga juda ham alamli bo'lgan durangni taqdim etishgandi - 1:1.

2007 yil yozida bu ikki jamoa Janubiy Koreyada o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishgan. Osiyo kubogiga so'nggi tayyorgarlik vazifasini bajargan mazkur o'yinda mezbonlar o'z odatlariga ko'ra 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. Server Jeparov penaltidan koreyslar darvozasini ishg'ol qilgandi.

Keyingi yil kuzda terma jamoamiz yana mehmonda Koreya bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazgan. Yaponiya bilan muhim o'yindan oldin tashkil etilgan uchrashuvda Janubiy Koreya vakilarimizga hech qanday imkoniyat qoldirmagan - 3:0. Yaponiya bilan rasmiy o'yinda esa 1:1 hisobida durang qayd eta olganmiz.

Qatarda o'tgan Osiyo Kubogi musobaqasining uchinchi o'rin uchun bahsida muxlislar gollar shousining guvohiga aylanishgandi. Koreyslar dastlabki 39 daqiqa ichida darvozamizga 3ta javobsiz to'p kiritib tashlashgan. Bunga Sasha Geynrix birinchi taym oxiri va ikkinchi taym boshida ikkita goli bilan javob bergandi - 2:3.

2012 yil fevral oyida yana Yaponiya bilan rasmiy o'yin oldidan Koreyada o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazganmiz. Bu safar raqibimiz 4:2 hisobida g'alaba nashidasini sura olgan. Ibrohim Rahimov hamda Stanislav Andreev raqib darvozabonini ranjitishgandi.



JCH-2014 saralashida ham Janubiy Koreya bilan bir guruhdan o'rin olganimiz ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Toshkentdagi bahs shiddatli kechib yakunda 2:2 hisobi qayd etilgan edi. Dastlab mehmonlar vakili avtogol qayd etib bizga yordam bergandi, ikkinchi taymda Sanjar Tursunov gol muallifiga aylangandi.

2013 yil 11 iyun. Ko'pchilik bu sanani o'sha mashhur, alamli va ayanchli avtogol bilan yodga oladi. O'zbekiston terma jamoasi bu o'yinda hech bo'lmasa durang qayd etganida Jahon chempionatiga juda yaqin kelgan bo'lar edi. Biroq Akmal SHorahmedovning kutilmagan avtogoli yakunda bizning mag'lubiyatimizga sabab bo'lgandi - 0:1.

Bu ikk jamoa Avstraliyada o'tgan Osiyo Kubogi-2015 chorak finalida ham to'qnash kelishgan. Melburn shahrida o'tgan bahsda 90 daqiqa davomida tomonlar gol ura olishmagan, qo'shimcha taymlarda esa Son Xen Minning ikki goli koreyslarni yarim finalga olib chiqqandi - 2:0.  
O'sha musobaqadan so'ng mart oyida Janubiy Koreya bilan safarda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgandik. Terma jamoamiz safida debyutini nishonlagan Zohir Qo'ziboevning goli bizga yakunda 1:1 hisobidagi durangni taqdim etgandi.

Koreya bilan hozirga qadar eng so'nggi uchrashuv 2016 yil noyabr oyida Seul shahrida bo'lib o'tgandi. Marat Bikmaevning uzoq masofadan urgan goli bizga hech bo'lmasa durag taqdim etishi lozim edi, ammo maydon egalari ikkinchi taymda ikkita gol urib g'alabani ilib ketishgandi - 2:1.



JANUBIY KOREYA TERMA JAMOASI
Laqabi: "
Tegu jangchilari", "Qizillar", "qizil iblislar"
Bosh murabbiyi: SHin Tae Yong (Janubiy Koreya)
Sardori: Ki Sun Yun
Eng ko'p o'ynagan futbolchi: Xon Myun Bo va CHa Bum Kun (136)
To'purari: CHa Bum Kun (58)
FIFA reytingidagi o'rni: 49
Eng yuqori o'rni: 17 (1998 yil dekabr)
Eng quyi o'rni: 69 (2014 yil noyabr - 2015 yil yanvar)
Birinchi rasmiy o'yini: Gonkong - 5:1 (Gonkong, 1948 yil 6 iyun)
Eng yirik g'alabasi: Nepal - 16:0 (Inchon, Koreya, 2003 yil 29 sentyabr)
Eng yirik mag'lubiyati: SHveciya - 0:12 (London, Angliya, 1948 yil 5 avgust)

Janubiy Koreya terma jamoasi o'z tarixida 9 mara Jahon chempionatlari final bosqichida ishtirok etishga muvaffaq bo'lgan. Koreyslar 1986 yildan beri barcha mundiallar ishtirokchisi bo'lib kelishmoqda. 2002 yil o'z uylarida o'tgan Jahon chempionatida Gus Xiddink boshchiligida to'rtinchi o'rinni qo'lga kiritib Osiyo qitasi uchun rekord natija qayd etib berishgandi.

Hozirgacha o'tkazilgan 16ta Osiyo Kubogining 13tasida Janubiy Koreya qatnashgan. So'nggi marta jamoa 1992 yilgi qita chempionatidan chetda qolgan. Koreyslar ikki bor qita chempioni bo'lishgan. To'rt marta Osiyo Kubogi kumush medallariga ega chiqishgan. Yana shuncha marta bronza medallari bilan taqdirlanishgan.


Sana

Mezbon

Hisob 
 

Mehmon

O'yin maqomi

13.10.1994 

O'zbekiston

 1:0

Janubiy Koreya 

XII Osiyo o'yinlari

12.09.1997

Janubiy Koreya 

 2:1

O'zbekiston

JCH-1998 saralashi

18.10.1997

O'zbekiston

 1:5

Janubiy Koreya

JCH-1998 saralashi

30.03.2005

Janubiy Koreya

 2:1

O'zbekiston

JCH-2006 saralashi

03.06.2005

O'zbekiston

 1:1

Janubiy Koreya

JCH-2006 saralashi

05.07.2007

Janubiy Koreya

 2:1

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

11.10.2008

Janubiy Koreya

 3:0

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

28.01.2011

Janubiy Koreya

 3:2

O'zbekiston

Osiyo kubogi 2011

25.02.2012

Janubiy Koreya

 4:2

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

11.09.2012

O'zbekiston

 2:2

Janubiy Koreya

JCH-2014 saralashi

11.06.2013

Janubiy Koreya

 1:0

O'zbekiston

JCH-2014 saralashi

22.01.2015

Janubiy Koreya

 2:0

O'zbekiston

Osiyo kubogi 2015

27.03.2015

Janubiy Koreya

 1:1

O'zbekiston

O'rtoqlik uchrashuvi

15.11.2016

Janubiy Koreya

 2:1

O'zbekiston

JCH-2018 saralashi



Narzulla Saydullaev

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика