So’nggi yangiliklar

23:10"Челси" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  119 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  16

Prevyu: "Tottenxem" - "Yuventus" Yangiliklar

Prevyu: "Tottenxem" - "Yuventus"

Teglar :  TottenxemYuventus
Bugun ECHL doirasida "Tottenxem" va "Yuventus" chorak finalga chiqish uchun kurash olib boradi.

Tottenxem – Yuventus
CHorshanba, 00:45. London, Uembli

Birinchi o'yin

Yuventus – Tottenxem 2:2
Gollar: Iguain 2, 9 (penalti) – Keyn 35, Eriksen 71.

Taxminiy tarkib:
Tottenxem: Loris – Tripper, Sanches, Vertongen, Devis – Dayer, Dembele – Eriksen, Alli, Son – Keyn.
Yuventus: Buffon – Lixtshtayner, Benatya, Kellini, Sandro – Xedira, Pyanich, Matyuidi – Kosta, Dibala, Manjukich.

To'purarlar: Keyn 7 – Iguain 4.

O'yinga tushmaydi: Alderveyreld, Ore – Kuadrado, De SHilo, Bernardeski.

So'roq ostida: …- Iguain.

Birinchi bahs 2:2 hisobida yakunlangan, bu esa biroz bo'lsa-da "Tottenxem" foydasiga xizmat qilishi shubhasiz. O'yinning hisobini taxminan aytib ham bo'lmaydi. "Yuventus" so'nggi vaqtlarda shuni isbotladiki, jamoa g'alabaga loyiq bo'lmagan o'yinlarda ham yutishga qodir. Paulo Dibalaning so'nggi daqiqalarda kiritgan goli "Lacio"ni mag'lub etdi, shu orqali jamoa ECHL o'yiniga yaxshi kayfiyatda etib bordi. Bu kayfiyat "Napoli"ning "Roma"ga mag'lub bo'lganida ikki baravarga yaxshiroq bo'ldi. SHu orqali turinliklar A Seriya turnir jadvalida etakchilikka qaytib olishi mumkin.

"Yuventus" so'nggi bora noyabr oyining oxirlarida "Sampdoriya"ga mag'lub bo'lgandi. SHundan keyin "byankoneri"lar 20 rasmiy o'yinning 17tasida g'alaba qozondi. 

"SHporlar" ham bu yili yutqazmadi, APL jamoalari orasida eng ko'p ochkoni yig'a oldi. MYU, "Liverpul", "Yuventus", "Arsenal" ham 2018 yilda "Tottenxem"ni ustidan g'alabaga erisha olmadi.

O'tgan haftada "shporlar" Son Xen Minning dubli evaziga "Xaddersfild"ni 2:0 hisobida dog'da qoldirdi. Endi ular bu natijani "Yuventus" bilan uchrashuvda ham qaytarishmoqchi.

Qiziqarli faktlar

- "Tottenxem" - "Barselona" va "Liverpul" kabi ECHLda mag'lub bo'lmagan 3 jamoadan biri;

- "Tottenxem" ECHL doirasida "Uembli"da o'tgan so'nggi 4 bahsning barchasida g'alabaga erishgan, bu esa klub uy uchrashuvlari g'alabalarining eng uzun seriyasidir. Ular har bir uchrashuvda 3tadan gol kiritgan.

- "Yuventus" ECHLdoirasidaso'nggi 7 safaruchrashuviningfaqatginabittasidamag'lubbo'lgan (4 g'alaba, 2 durang). SHubahslarning 3tasidadarvozasidangolo'tkazibyubormagan.

- Xarri Keyn bu mavsum ECHL doirasida "Tottenxem"ning 53 foiz golida ishtirok etgan (7 gol, 3 assistent).

- Janluijji Buffon ECHL doirasida yana bir marta quruq o'yin o'tkazsa, bu uning uchun 50-si bo'ladi. Faqatgina ikki darvozabon undan oldinda bormoqda - Iker Kasilyas 57 o'yin, Edvin van der Sar 50 o'yin.

Murabbiylar shunday deydi:

Maurisio Pochettino ("Tottenxem"): "Ilk bosqichdanoq Turin jamoasi yaxshi o'ynay boshladi. Albatta, futbolda omadsiz hech qaerga borib bo'lmaydi. O'shanda mezbonlar penaltidan gol ura olmagani bizning futbolchilarga yaxshi ishtiyoq berdi. Maydonda jang qilish va bundan rohat olishga tayyormiz. Ayni damda bizda keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor"

Massimiliano Allegri ("Yuventus"): "Oldimizda katta o'yin bor va bunday bahslarni har doim intizorlik bilan kutasan. Bunday bahslarda jamoa qanday saviyada ekanligini vaziyatdan foydalanishda ko'rsatadi. SHanba kuni "Lacio"ga qarshi og'ir uchrashuv o'tkazdik. Yaxshiki, o'shanda Dibala gol urgandi"

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика