So’nggi yangiliklar

17:47Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 мусобақасида қатнашадиган таркиби маълум  0 17:22Винисиус Жуниор футбол империясини кенгайтирди: "Реал" вингери Бразилиянинг "Атлетик" клубини сотиб олди  0 16:54"Тоттенхэм" футболчиси операция қилинди ва МЮ билан ўйинни ўтказиб юборади  0 16:26​Алонсо "Реал"га қайси футболчиларни олиб келмоқчи?  5 15:52Расман: "Андижон"ни икки мураббий тарк этди  1 15:29Аморим МЮ ходимларининг Европа Лигаси финалига сафари учун пул тўлади  4 15:01Сеск Фабрегас "Комо"да қолади: Клуб "Байер" ва бошқа даъвогарлар таклифини рад этди  1 14:20"Нефтчи" "Оқ-тепа"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, плей-оффга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 13:51Рафинья: "Олтин тўп" мақсад эмас, асосийси – жамоавий ғалабалар"  11 13:23U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичига қачон қуръа ташланиши эълон қилинди  3 12:54Криштиану Роналдунинг ўғли Португалия терма жамоасида 7-рақам остида дебют қилди  4 12:30Марказий Осиё. "Қайрат" кубокни тарк этди, "Истиқлол" очко йўқотди, Туркманистонда эса 4 тур кейинги ўйинлар ўтказилди  1 11:59Гвардиола "Барселона" футболчисини Де Брюйнега ўринбосар деб билмоқда  7 11:37Бутун бир давр якуни: "Реал" тажрибали футболчиси жамоадан кетади  13 10:58“Ноттингем“ ҳужумчиси сунъий кома ҳолатидан чиқди  0

PREVYU. Tezlik olgan "Paxtakor"ga Boshkovich bosh og'riq bo'la oladimi? Yangiliklar

PREVYU. Tezlik olgan "Paxtakor"ga Boshkovich bosh og'riq bo'la oladimi?

Bugun "Paxtakor" stadionida Superliganing 6-tur bahsida amaldagi chempion "Paxtakor" yaqindagina murabbiyini o'zgartirgan "So'g'diyona"ga qarshi bahs olib boradi.

 "Paxtakor" o'yinda yaqqol favorit, ammo turnir jadvalining so'ngi pog'onasida borayotgan jizzaxliklarga ochkolar suv va havodek zarur. "Qaldirg'ochlar" murabbiyi sifatida bizga tanilgan Ivan Boshkovichning yangi jamoasi, "sherlar"ga qay darajada "bosh og'riq" bo'la oladi?


O'zaro o'yinlar tarixi

Milliy chempionatimiz doirasida Toshkent va Jizzaxning eng nomdor jamoalari o'zaro 54 marotaba to'qnash kelishgan, ulardan 42tasida "Paxtakor" g'alaba qozongan, 6 uchrashuvda durang qayd etilgan va 6ta uchrashuvda "So'g'diyona" g'alabani nishonlagan. 54ta uchrashuv doirasida "Paxtakor" 129 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, jizzaxliklar 42ta gol bilan javob qaytargan. Eng yirik g'alabalar 6:1, 5:1 va 4:3 hisoblarida qayd etilgan.

Toshkentda bo'lib o'tgan 27ta bahsning 25tasida "sherlar" g'alaba qozongan va 1ta durang qayd etilgan. Jizzaxliklar "Paxtakor"ga qarshi kechgan mehmondagi uchrashuvlarda faqatgina bir marotaba g'alaba qozongan va u ham bo'lsa 1995 yili 17 iyun kuni qayd etilgan o'sha uchrashuvda "So'g'diyona" 2:1 hisobida g'olib bo'lgan. Deyarli 28 yildan buyon "So'g'diyona" mehmonda "Paxtakor"ni mag'lub eta olmayapti.

So'ngi to'qnashuvlar

 2022.11.02 "Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:0

2022.08.06 "So'g'diyona" - "Paxtakor" 2:2

2021.10.21 "So'g'diyona" - "Paxtakor" 1:0

2021.06.19 "Paxtakor" - "So'g'diyona" 0:0

2020.10.21 "Paxtakor" - "So'g'diyona" 2:0


O'zaro o'yinlardagi to'purarlar

"Paxtakor" va "So'g'diyona" o'rtasidagi o'zaro bahslarda - Igor Sergeev to'purar. U bugungi kunga qadar "So'g'diyona" darvozasini 12 marotaba ishg'ol etgan. Anvar Soliev hisobida esa 11ta gol bor. Dilmurod Nazarov o'z vaqtida ushbu jamoa darvozasiga 6ta gol kiritishga muvofaq bo'lgan. Sobir Xodiev, Azamat Abduraimov va Zayniddin Tojievlar ushbu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda 5tadan gol urishgan. Jizzaxliklar tarkibida esa Furqat Esonboev 4 marotaba gol urgan bo'lsa, Samad Narziqulov "Paxtakor" darvozasiga 3ta gol urishga erishgan.

To'purarlar ro'yxati

Igor Sergeev - 12ta gol

Anvar Soliev - 11ta gol

Dilmurod Nazarov - 6ta gol

Sobir Xodiev, Zayniddin Tojiev, Azamat Abduraimov - 5ta gol

Jamoalar mavsumni qanday boshlashdi?

Amaldagi chempion "Paxtakor" mavsumni omadsiz tarzda boshladi. Dastlab o'z maydonida yosh "olimpiya"chilarga mag'lub bo'lgan SHackix shogirdlari, ikkinchi turda "o'zbek el-klassiko" deya nom olgan "Paxtakor" va "Neftchi" uchrashuvida, "Paxtakor" 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Uchinchi turda esa 15 karra chempionlar azaliy raqibi "Navbahor"ga qarshi uchrashuvda nihoyat dastlabki uch ochkosini qo'lga kiritdi, hisob 2:1. To'rtinchi va beshinchi tur uchrashuvida SHackix jamoasi "Metallurg" va "Qizilqum"ni bir hil 3:1 hisobida mag'lub etdi va musobaqa jadvalining 5 o'rinni egallab turibdi(ochko).

Birinchi turda "Bunyodkor"dan kichik hisobda(1:0) mag'lub bo'lgan jizzaxliklar, ikkinchi turda Jasur Xasanov "perfomansi" evaziga Kapadze jamoasiga bilan jangovar durang o'ynadi, hisob 2:2. Uchinchi va to'rtinchi turlarda Vodiyning ikki jamoasi "Neftchi" va "Navbahor" klublaridan mag'lubiyatga uchragan(hisob 0:2, 3:0) bo'lgan "So'g'diyona" bosh murabbiyi Yorqin Nazarovni ishdan bo'shatdi va o'rniga yangi murabbiy Ivan Boshkovichni taklif etdi. Boshkovichni birinchi uchrashuvini autsayder jamoa "Metallurg"ga qarshi o'tkazdi va jangovar durang qayd etdi, 2:2. Joriy mavsum g'alaba tamini tatimagan "So'g'diyona", bor yo'g'i 2 ochko to'plab, musobaqa jadvalining so'ngi pog'onasida bormoqda.


Hakamlar

O'zbekiston futbol hakamlar markazi ushbu uchrashuvga bosh hakam etib Rustam Lutfullinni tayinlagan. VAR hakami esa Edita Mirobidova.

"Paxtakor" - "So'g'diyona"

15 aprel 18:10 "Paxtakor" stadioni

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sardor Hakimov, Husan Xudoyberdiev, Erlan Nurjanov.

VAR: Edita Mirobidova

AVAR: Kristina Sereda

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Muhammad Sodiq

Taxmin

"Paxtakor" mavsumni omadsiz boshlaganidan keyin o'z o'rniga qaytdi va bir nechta uchrashuvdan buyon raqiblarni mag'lub etib kelmoqda. Toshkent jamoasi shubhasiz favorit, lekin jizzaxliklarga ochko zarur, "So'g'diyona" ikkinchi raqam bo'lib yani himoyaviy o'yin ko'rsatsa kerak va qarshi hujumda o'z imkoniyatlarini qidiradi.

Imkoniyatlar: 70/30 "Paxtakor" yaqqol favorit


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика