So’nggi yangiliklar

19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  1 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9 18:58"Манчестер Юнайтед" футболчиси жароҳат сабаб 10 ҳафтани ўтказиб юборади  3 18:32Украина терма жамоаси ҳимоячиси: "Ҳусанов ҳақиқатан ҳам яхши сифатларга эга"  2 18:03Мудрик ушбу мавсум майдонга қайтмайди  0 17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  2 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  1 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  1 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  4 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  1 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  8 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  2 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  14

Prevyu. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912"

Jizzaxdagi yangi stadiondagi ilk uchrashuvda "So'g'diyona" va "Qo'qon-1912" jamoalari to'qnash kelishadi.
So'g'diyona (Jizzax) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
26 iyun 2015. Jizzax. “Jizzax” stadioni. 19:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), F. Norsafarov (Qarshi)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).

Bu ikki klub o'zaro 16 bor kuch sinashishgan. Natijalar “So'g'diyona”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Jizzax klubi 7ta o'yinda g'oliblik nashidasini surgan. 3ta o'yin durang bilan yakunlangan. “Qo'qon-1912” bu raqibni olti bor mag'lub etgan. To'p kiritish borasida ham ustunlik “So'g'diyona” tomonida – 25:19. O'zaro o'ynlarda “So'g'diyona” 24 ochkoni qo'lga kiritgan. “Qo'qon-1912” esa hozirgacha 21 ochko ishlab olgan.

“So'g'diyona”ning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. Qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi esa – 4:2.

Bu jamoalar so'nggi bor 2002 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. O'sha yil Qo'qonda o'tgan bahs taqdirini SHuxrat Yusupov tomonidan urilgan gol hal qilgandi – 1:0. Jizzaxda ham bitta gol urilgan. Qobil Aliqulov to'p kiritib “So'g'diyona”ga g'alaba keltirgandi – 1:0.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi 5 uchrashuv:
14.09.2002 So'g'diyona - Qo'qon-1912 1:0
10.05.2000 So'g'diyona - Qo'qon-1912 3:2
25.09.1999 So'g'diyona - Qo'qon-1912 1:1
14.08.1998 So'g'diyona - Qo'qon-1912 5:2
06.09.1995 So'g'diyona - Qo'qon-1912 4:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” o'z uyida “Qo'qon-1912”ni 7 marta taslim qilgan. Bitta uchrashuvda “Qo'qon-1912” safardan durang bilan qaytgan. Vodiy klubi “So'g'diyona” maydonida umuman zafar qucha olmagan.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика