So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  0 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  9 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  2 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  7 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  1 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  1 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  3 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  4 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  26 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0

Prevyu. "So'g'diyona" - "Navbahor" Yangiliklar

Prevyu. "So'g'diyona" - "Navbahor"

Namanganning "Navbahor" klubi Jizzaxda "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi.

So'g'diyona (Jizzax) – Navbahor (Namangan)
22 avgust 2015. Jizzax. "Jizzax" stadioni. 18:00
Hakamlar: V. Ceytlin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Kuldashev (Buxoro), R. Lutfulin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

“So'g'diyona” hamda “Navbahor” klublari oliy ligada shu kungacha 39 bor kuch sinashishgan. 21ta o'yinda “Navbahor”, 13ta o'yinda esa “So'g'diyona” g'alaba qozongan. 5ta o'yinda durang natija qayd etilgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 73 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “So'g'diyona” esa 46 bor gol kirita olgan. “Navbahor” o'zaro o'yinlarda 68 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, jizzaxliklar hisobida 43 ochko mavjud. “So'g'diyona”ning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:1. Namanganliklarning eng yirik g'alabasi esa 7:0.

Birinchi davrada vodiyda tashkil etilgan o'yinda maydon egalari vakili Otabek Valijonovning urgan goli “lochinlar”ga g'alaba keltirgandi. O'sha bahsda “So'g'diyona” safida Muzaffar Muzaffarov qizil kartochka olgandi.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.09.2014 So'g'diyona - Navbahor 5:4
17.03.2013 So'g'diyona - Navbahor 2:0
28.05.2011 So'g'diyona - Navbahor 3:2
08.05.2009 So'g'diyona - Navbahor 1:0
26.04.2008 So'g'diyona - Navbahor 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” bungi kunga qadar o'z maydonida 13 bor g'alaba qozongan. Bir marta durang qayd etilgan. Qolgan 5ta o'yinda “lochinlar” zafar quchishgan. Oxirgi besh o'yinda “lochinlar” besh marta mag'lub bo'lishgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика