So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Prevyu: “So'g'diyona” - “Nasaf” Yangiliklar

Prevyu: “So'g'diyona” - “Nasaf”

Teglar :  So'g'diyonaNasaf
“Nasaf” navbatdagi 29-tur uchrashuvini safarda Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv 19 noyabr shanba kuni “So'g'diyona” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 14:00da boshlanadi.
 
Uchrashuv anonsi
 
O'zPFL 29-tur. 19.11.2016.
“So'g'diyona” (Jizzax) – “Nasaf” (Qarshi)
Jizzax sh., “So'g'diyona” markaziy stadioni. 14:00da   
 
Bosh hakam
: Rustam Bobomurodov (Navoiy),
Qanot hakamlari:  Mamur Saidqosimov (Toshkent), Ravil SHoyaxmetov (Toshken)
Zaxira hakami: Baxtiyor Yulcharaev (Guliston)
 
Nazoratchi: Sayfitdin Irmatov (Toshkent).
 
Uchrashuv bosh hakami haqida: Rustam Bobomurodov bu yilgi chempionatda jamoamiz ishtirokidagi ”Nasaf” – “Obod” 1:0 va “Mashal” – “Nasaf” 1:0 uchrashuvlarini ham boshqargan.
 
O'zaro uchrashuvlar tarixidan
 
Jamoalar milliy chempionat doirasida bungacha o'zaro 31 marotaba kuch sinashgan. SHulardan 24ta o'yinda “ajdarlar”ning qo'li baland kelgan. 1ta o'yinda o'zaro durang qayd etilgan. Ushbu tarixiy durang 1998 yil Qarshida qayd etilgan. 6 uchrashuvda “So'g'diyona” jamoasi g'alaba qozongan. O'zaro uchrashuvlarda 95 marta darvozalarga gol kiritilgan. To'plar nisbati bo'yicha ham ustunlik jamoamiz tomonida – 66:29.
 
“So'g'diyona” futbolchilari so'nggi marta 2008 yil 29 avgustda bo'lib o'tgan uchrashuvda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan. SHundan keyingi o'zaro bo'lib o'tgan 11 uchrashuvda jamoamiz ketma-ket g'alaba qozonib kelmoqda.
 
Ushbu jamoalar o'rtasidagi Qarshida bo'lib o'tgan, bu yilgi mavsumdagi o'zaro ilk uchrashuvida, “Nasaf” 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Islom Rashidxonov va Deyan Bolevichlar muallif bo'lishgan.
 
Jizzaxda bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlar tarixidan
 
Mazkur jamoalar Jizzaxda o'zaro 15ta uchrashuvda maydonga tushishgan. Bu uchrashuvlarda 5 marta “So'g'diyona” jamoasining, 10 marta “Nasaf”ning qo'li baland kelgan. Jizzaxdagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 41ta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ustunlik jamoamiz tomonida - 14:27.
 
Ushbu jamoalar 1997 yilgi mavsumdan o'zaro maydonga tushgan bo'lsalarda, “Nasaf” safardagi ilk g'alabasini 2000 yilgi mavsumda qo'lga kiritgan. Bu uchrashuvda jamoamiz kichik 1:0 hisobida g'alaba qozongan, uchrashuvdagi golni Rustam Abdullaev kiritgan.
 
“So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida so'nggi bor “Nasaf”ni 2008 yili mag'lubiyatga uchrata olganini yuqorida aytib o'tdik.
 
 
O'zaro qayd etilgan yirik hisoblar
 
Jamoamiz jizzaxliklarni eng yirik 4:1 hisobida mag'lub etgan. “So'g'diyona” esa 3:2 yirik hisobidagi g'alabaga erishgan.
 
2000 yili Qarshida o'tgan bahsda “Nasaf” ilk marta “So'g'diyona”ni yirik 3:0 hisobida mag'lub etgan. Ushbu bellashuvda darvozabonimiz Petr Gizimchuk 11 metrlik jarima to'pini golga aylantirgan.
 
O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” to'rt marta yirik hisobda g'alaba qozongan (3:0 – 2000, 2009 yil, 4:1 – 2004, 2009).
 
Yana bir qiziqarli fakt, ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlarda eng “yaxshi ko'rgan” hisobi - 2:1 yoki 1:2dir. O'zaro o'tkazilgan 31 uchrashuvda bu hisob 9 marta takrorlangan. Jamoalarning milliy chempionatdagi o'zaro uchrashuvlarida ilk marta va so'nggi marta qayd etilgan hisob ham 2:1ni tashkil etadi.
 
O'zaro uchrashuvlarda eng ko'p gol kiritgan futbolchilar
 
O'zaro o'yinlarda Zafar Xolmurodov jizzaxliklar darvozasini 8 marta nishonga olgan. Hanuzgacha hech bir futbolchimiz jizzaxliklar darvozasini shuncha ishg'ol eta olmagan. SHuningdek,  Baxtiyor Davlatov va ayni paytda jamoamizga bosh murabbiylik qilayotgan Ro'ziqul Berdiev va jamoamizning sobiq futbolchisi Bahodir Annamatovlar o'zaro o'yinlarda 3 martadan “So'g'diyona” darvozasini ishg'ol qilgan.
 
Jamoalarning turnir jadvalidagi holati
 
O'zingizga malum, “Nasaf” jamoasi o'tkazilgan 28 uchrashuvda 57 ochko jamg'arib, 3-o'rinda bormoqda. “So'g'diyona” jamoasi 34 ochko bilan turnir jadvalining 10-pog'onasini egallab turibdi.
 
Eslatib o'tamiz, jamoamiz 28-turda “Neftchi” jamoasini qabul qilib, 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
 
“So'g'diyona” jamoasi o'tgan turdagi uchrashuvni safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o'tkazib, yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchragan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика