So’nggi yangiliklar

02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  16 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0 00:57Расман: "Ювентус" "Лилль" тарихидаги энг яхши тўпурар билан шартнома имзолади  0 00:40"Манчестер Юнайтед"да 10-рақамнинг эгаси аниқ. У Рэшфорд эмас  2 00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  4 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  2 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  3 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  8 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  5 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0

PREVYU. “So'g'diyona” –“Dinamo” Yangiliklar

PREVYU. “So'g'diyona” –“Dinamo”

Teglar :  So'g'diyonaDinamo
Oliy liganing 23-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi o'z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi.

USHBU MAVSUMDA
Birinchi davra 8-turida “So'g'diyona” Samarqandda “Dinamo”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsda Amirjon Safarov 57- daqiqada hisobni ochgan edi.Ko'p o'tmay o'yinning 66- daqiqasida jamoa sardori Sanjar Rashidov hisobni tenglashtirgan edi.84- daqiqada Ixtiyor Toshpo'latov o'yindagi hisobni 1:2 ko'rinishiga olib kelgan bo'lsa,88 -daqiqada Amirjon Safarov gol kiritdi va jamoasini mag'lubiyatdan saqlab qoldi. SHu tariqa bahs 2:2 hisobida yakuniga etgan edi.

“So'g'diyona” o'tgan turda “Nasaf” ga qarshi qoldirilgan o'yinni o'tkazdi va mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, “Dinamo” o'z o'yinda “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmadi va 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan. “Dinamo” 22 ochko bilan turnir jadvalida  13-o'rinni band etib turgan bo'lsa, “So'g'diyona” 23 ochko bilan 12-o'rindan joy olgan.

O'YINI  HASAN RO'ZIEV BOSHQARADI
Hakamlar: H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), O. To'ychiboev (Farg'ona)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O'zPFL vakili: V. Letkin.



O'ZARO USTUNLIK
“So'g'diyona” hamda “Dinamo”  klublari oliy ligada shu kungacha 37 bor kuch sinashishgan.“So'g'diyona” hisobida 13 ta, “Dinamo” hisobida 17 ta g'alaba mavjud. 7 o'yinda  durang natija qayd etilgan. To'plar nisbatida o'stunlik “Dinamo” tomonda  : 40:58. “So'g'diyona” 46, “Dinamo” o'zaro o'yinlarda 58 ochkoni qo'lga kiritgan. “So'g'diyona”ning eng yirik g'alabasi 3:1, “Dinamo”ning eng yirik muvaffaqiyati  4:0.

“So'g'diyona” maydonida o'tgan barcha uchrashuvlar:
01.10.2015 So'g'diyona - Dinamo 1:2
29.03.2014 So'g'diyona - Dinamo 1:3
26.05.2013 So'g'diyona - Dinamo  4:3
05.03.2011 So'g'diyona - Dinamo 0:0
14.06.2009 So'g'diyona - Dinamo 3:1
18.11.2008 So'g'diyona - Dinamo 1:1
16.06.2006 So'g'diyona - Dinamo 0:1
30.04.2005 So'g'diyona - Dinamo 1:0
06.10.2004 So'g'diyona - Dinamo 2:1
13.04.2002 So'g'diyona - Dinamo 0:0
29.10.2001 So'g'diyona - Dinamo 3:1
29.08.2000 So'g'diyona - Dinamo 3:6
09.10.1999 So'g'diyona - Dinamo 0:0
13.06.1997 So'g'diyona - Dinamo 1:0
17.10.1996 So'g'diyona - Dinamo 1:1
03.06.1995 So'g'diyona - Dinamo 2:0
30.08.1993 So'g'diyona - Dinamo 0:1
07.05.1992 So'g'diyona - Dinamo2:1



O'ZARO O'YINLAR HAQIDAGI FAKT:

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Jizzaxdagi 18 ta o'yindan 8 tasida “So'g'diyona”, 5 tasida “Dinamo”  g'alaba qozongan. 5 ta o'yinda durang natijasi qayd etilgan.

O'YIN VAQTI VA JOYI.
Yoshlar ligasi bahsi 29 sentyabr kuni soat 15:30 da “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 30 sentyabr kuni 17:00 da “So'g'diyona” stadionida bo'lib o'tadi.

JAMOA TO'PO'RARLARI.
“So'g'diyona” jamoa sardori Sanjar Rashidov chempionat to'po'rarlar ro'yxatida 2 o'rinni egallab turibdi. Uning hisobida 12 ta gol bor. Jamoa hujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov hisobida esa 5 ta gol bor. Azamat Isroilov 2 ta gol,Sardor Eminov,Sarvar Jo'raev hisobida 1 tadan gol mavjud.



“So'g'diyona” matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика