So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Prevyu. "SHo'rtan" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Olmaliq"

Teglar :  SHo'rtanOlmaliq
Oliy liganing bu turida "SHo'rtan" va "Olmaliq" to'qnashuvi bo'lib o'tadi.

SHo'rtan (G'uzor) – Olmaliq (Olmaliq)
11 iyun 2016. G'uzor. "SHo'rtan" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Z. Qodirov (Navoiy), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Burov (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
UzPFL vakili: R. CHernikov.

“SHo'rtan” va “Olmaliq” oliy ligada 14 marta o'zaro o'ynashgan. “Olmaliq” 5ta, “SHo'rtan” 4ta o'yinda g'olib bo'lgan. 5ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida kichik ustunlik “Olmaliq” tomonida - 22:19. O'zaro o'yinlarda “Olmaliq” 20, “SHo'rtan” esa 17 ochko to'plagan.

“SHo'rtan”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 5:3ga teng. “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi esa 3:0.

2015 yilda G'uzordagi o'yinda jangovor durang qayd etilgan. Mezbonlar safida Olim Karimov, Viktor Karpenko va Suhrob Berdiev, “Olmaliq” tarkibida SHavkat Salomov, Adrian Kashkaval va Doniyor Ismoilov gol urishgandi – 3:3. Olmaliqda Salamat Qutiboev va Nemanya Yovanovich (2ta) mehmonlarni ranjitishgan. Bunga Suhrob Berdiev bir bor javob bergan xolos – 3:1.

G'uzorda bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
10.05.2015  SHo'rtan - Olmaliq 3:3
11.05.2013  SHo'rtan - Olmaliq 1:1
28.04.2012  SHo'rtan - Olmaliq 1:1
21.08.2011  SHo'rtan - Olmaliq 2:0
18.09.2010  SHo'rtan - Olmaliq 5:3

O'zaro o'yinlar haqida fakt: G'uzordagi 7ta o'yinning 3tasida “SHo'rtan” uch ochkoni o'zida olib qolgan. To'rtta bahsda tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishgan.  “Olmaliq” o'z tarixida umuman G'uzorda g'alaba qozona olmagan. G'uzordagi oxirgi uchta uchrashuvda faqat durang qayd etilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика