So’nggi yangiliklar

17:24АПЛда апрель ойининг энг яхши мураббийи эълон қилинди  0 17:14Суперлига. "Андижон" – "Нефтчи". Таркиблар маълум  3 16:49АПЛда апрель ойининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 16:26Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  0 16:02Суперлига. 9-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Пахтакор" ва "Навбаҳор" 1 нафардан йўқотишга эга   1 15:42Лени Йоро "Манчестер Юнайтед"га ўтганидан афсусда  5 15:13Малуда "Челси"га Осимхенни трансфер қилишни маслаҳат берди  0 14:44"Барселона" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр  1 14:17"Барселона" "Челси" ҳимоячисини харид қилмоқчи  1 13:49Breaking! Хаби Алонсо "Реал" билан неча йиллик шартнома тузиши маълум  13 13:28Бу йил қайси клублар кучли учликда бўлади?  2 12:45Нега мураббийлар ёшларни кашф қилмайди?  1 12:13"Андижон" – мухлислар ташрифи бўйича етакчи!  20 11:45Тарихий рекорд: "Интер" "Барселона" билан ўйин чипталаридан 14,7 млн евро ишлаб олди  7 11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  7

Prevyu. "SHo'rtan" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "SHo'rtan" - "Buxoro"

Teglar :  BuxoroSHo'rtan
"Buxoro" klubi birinchi davraning oxirgi turini G'uzorda "SHo'rtan"ga qarshi o'tkazadi.

SHo'rtan (G'uzor) – Buxoro (Buxoro)
30 iyun 2016. G'uzor. "G'uzor" stadioni. 19:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Maradjabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), D. Jalimov (Nukus)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

“SHo'rtan” hamda “Buxoro” oliy ligada 18 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 8tasida “SHo'rtan” g'olib bo'lgan, 3ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Buxoro” hozirga qadar “SHo'rtan”ni 7 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “SHo'rtan” foydasiga 26:22ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “SHo'rtan” 27, “Buxoro” 24 ochkoni qo'lga kiritgan.

“SHo'rtan”ning “Buxoro” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:1ga teng. “Buxoro”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa 4:2 bo'lib turibdi.

2015 yil G'uzorda o'tgan o'yinda mezbonlar 4:1 hisobida zafar quchishgan. Viktor Karpenko (2ta), Igor Taran va Eldor Boymatovning gollariga Jamoliddin Ubaydullaev javob bergan edi. Buxorodagi bahsda 4ta gol urilgan. Mehmonlar himoyachisi Sarvar Jo'raev hisobni ochgandi. Maksimilian Fomin o'z darvozasiga gol urib qo'yib hisobni ikkitaga oshirgan. Aziz Ibragimov va Alisher Sanaevning gollari “Buxoro”ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi – 2:2.

G'uzorda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

23.05.2015  SHo'rtan - Buxoro 4:1
31.05.2013  SHo'rtan - Buxoro 0:1
06.10.2012  SHo'rtan - Buxoro 0:1
05.11.2011  SHo'rtan - Buxoro 1:1
19.06.2009  SHo'rtan - Buxoro 2:4

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Bu jamoalarning G'uzorda o'tkazgan 9ta o'yinning 5tasida maydon egalari zafar quchishgan. “Buxoro” safarda 3ta g'alaba va 1ta durang qayd etgan.  
 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика