So’nggi yangiliklar

09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  0 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  7 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  2 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  5 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6

Prevyu. Rossiya hech qachon Belgiyani yuta olmagan Yangiliklar

Prevyu. Rossiya hech qachon Belgiyani yuta olmagan

Evropa chempionatining 1-turidan o'rin olgan Belgiya - Rossiya uchrashuvi prevyusi bilan tanishing.

FAKTLAR
Belgiya terma jamoasi Kevin de Breyne va Aksel Vitselsiz Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Sankt-Peterburgdagi bahsda Eden Azar ham maydonga tushmasligi mumkin. Ammo Belgiya terma jamoasi ayni paytda FIFA reytingida eng yuqorida turibdi va qiyinchiliklarni engib o'ta olmasa qanday qilib bu joyda turgan bo'lishi mumkin? Rossiyaning Belgiya bilan o'yinlari ochiq va tomoshabop bo'lgan. Demak bugun ham muxlislarga yoqadigan bahs bo'ladi.

QIZIQ STATISTIKA

Bu jamoalar Evropa chempionati saralashida ham bir guruhda bo'lishgan. Belgiya ikkala o'yinda ham g'olib bo'lgan. "Qizil iblislar" uyda 3:1, Sankt-Peterburgda 4:1 hisobida zafar quchishgan. Mazkur jamoalar hozirga qadar 7 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Rossiya hech qachon Belgiyani mag'lub eta olmagan - 2ta durang va 5ta mag'lubiyat.




TAXMINIY TARKIBLAR
Belgiya:
Kurtua; Alderveyreld, Vertongen, Denayer; Mene, Dendonker, Tilemans, T.Azar; Mertens, Lukaku, Dokyu.

Rossiya: SHunin; Mario Fernandes, Barinov, Djikiya, Semenov, Karavaev; Zobnin, Ozdoev, Golovin; Miranchuk; Dzyuba.




O'YINOLDI FIKRLAR:
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov:
"Ular bilan saralashda ham to'qnash kelgandik. Juda kuchli jamoa. Ambiciyalari kuchli. Yaxshi murabbiyga ega va ajoyib futbolchilari bor bo'lgan jamoa. Bekorga ular bir necha yildan buyon FIFA reytingida birinchi o'rinda turishmayapti. Belgiyaga qarshi o'yinlarimiz ochiq va tomoshabop bo'ladi. Bu futbol, muxlislarga yoqadigan futbol. Ammo Evropa chempionati butunlay boshqa narsa. O'z imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz kerak".

Belgiya terma jamoasi azosi Dris Mertens: "So'nggi yillarda Rossiyaga qarshi juda ko'p o'ynadik. Ular yirik musobaqada o'z maydonida o'ynashadi, xuddi 2018 yildagi JCH singari Rossiya yaxshi natijaga erishishga harakat qiladi. Ularni hurmat qilamiz, ammo g'alabani ko'proq istaymiz".




Belgiya - Rossiya
12 iyun 2021 yil. Sankt-Peterburg. "Sankt-Peterburg" stadioni. 23:55
Bosh hakam:
Antonio Mateu Laos (Ispaniya)
Qanot hakamlari: Pau Sebrian va Roberto del Palomar (ikkisi Ispaniya)
Zaxira hakami: Fernando Andres Rapallini (Argentina)
VAR hakami: Alexandro Ernandes (Ispaniya)
VAR hakami yordamchilari: Joau Pineyru (Portugaliya), Inigo Prieto (Ispaniya), Xuan Martines (Ispaniya).


Belgium

Romelu Lukaku - 10', Thomas Meunier - 34', Romelu Lukaku - 88'

EURO Grp. B . 1-tur

13/06/2021, 01:00

0
:
3
Tugadi

Russia

Stadion: Saint Petersburg Stadium, 26264 tomoshabin

Bosh hakam: Antonio Mateu

45'
90'
10'  Romelu Lukaku
10'  Dries Mertens
27'  Timothy Castagne (Thomas Meunier)
34'  Thomas Meunier
72'  Dries Mertens (Eden Hazard)
76'  Jan Vertonghen (Thomas Vermaelen)
77'  Yannick Carrasco (Dennis Praet)
88'  Romelu Lukaku
88'  Thomas Meunier
29'  Daler Kuzyaev (Denis Cheryshev)
43'  Yuri Zhirkov (Vyacheslav Karavaev)
46'  Dmitri Barinov (Igor Diveev)
63'  Roman Zobnin (Maksim Mukhin)
63'  Denis Cheryshev (Aleksey Miranchuk)



Narzulla tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика