So’nggi yangiliklar

20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  2 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  4 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  14 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8

Prevyu. Ronaldu vs Ibragimovich: ikki xarakter, ikki kuchli futbolchi va shaxs qarama-qarshiligi Yangiliklar

Prevyu. Ronaldu vs Ibragimovich: ikki xarakter, ikki kuchli futbolchi va shaxs qarama-qarshiligi

Bugun Italiya Kubogi yarim finali doirasida "Yuventus" mehmonda "Milan" bilan kuch sinashadi.

Italiya Kubogi yarim finali. Birinchi o'yin
13 fevral 00:45
Milan. "San-siro" stadioni
Bosh hakam: Paolo Valeri

Turnirdagi yo'li

"Milan" Italiya Kubogi o'yinlarida etarlicha o'ziga ishonch bilan harakat qilmoqda. 1/8 final o'yinida "rossoneri" SPALni 3:0 hisobda mag'lub etdi, chorak finalda "Torino"ga qarshi bellashuvda durang natija qayd etdi (2:2), lekin qo'shib berilgan vaqtda Milan klubi yana 2ta gol urdi va 4:2 hisob bilan yarim final tomon yo'l oldi.

"Yuventus" ham turnirning 1/8 bosqichidan start oldi va ilk o'yinda "Udineze"ga hech qanday imkon qoldirmadi (4:0), chorak final o'yinida esa uyida "Roma"dan ustun keldi (3:1). Italiya Kubogi yarim final bahslari 2ta o'yindan iborat. Birinchi o'yin bugun "San-Siro" stadionida, javob uchrashuvi esa 4 mart kuni Turin shahrida bo'lib o'tadi.


Umumiy holati

"Allyanc Stadium"da bo'lgan so'nggi 4ta o'yinda uchralgan uch mag'lubiyat "Yuventus"ni havotirga solib qo'ydi. Ayniqsa, yaqindagina elitaga qaytgan klub 30-daqiqada kuchli bosim o'tkazdi, ikkinchi taymda esa ustunlikni qo'ldan boy bergan jamoaga 2ta gol urishga erishdi (2:1). "Yuve" haqida bunday gaplarni aytish biroz g'alati... Hattoki, futbolchilar klubdan hali ham maosh olayotgan Massimiliano Allegrini jamoaga qaytarishlarini so'rashibdi.

Qiziq... Biroq yozda Turin klubi boshqaruvini o'z qo'liga olgan Sarri istefoga chiqishi haqidagi xabar faqatgina "La Repubblica" gazetasida chop etildi. Boshqa nashrlarda hali bu mavzuga oid hech qanday malumot chiqqani yo'q. Bu xabarga ishonish qiyin. Birinchidan, Turin rahbariyati Sarriga malum muddat bergan. Ikkinchidan esa mavsum o'rtasida "Yuventus" murabbiyni ishdan bo'shatmasligi aniq. Skudetto qo'lga kiritildi, jamoa CHempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'ynadi va Italiya Kubogi finaliga chiqish uchun davogarlik qilmoqda. Ammo, o'yin bilan bog'liq muammolar mavjud va ular so'nggi bahslarda yanada kuchayib ketdi.

"Milan" esa mavsumning birinchi qismiga qaraganda, ikkinchi yarmida nisbatan yaxshi o'yin namoyish etmoqda. 23-tur Milan derbisi bu jamoa qanchalik ajoyib o'yin ko'rsatganiga o'zingiz guvoh bo'ldingiz. To'g'ri, ikkinchi bo'limda Konte jamoasi g'alabani o'z tomonlariga og'dirib oldilar. Takidlash joizki, so'nggi mag'lubiyat klubning bu yildagi birinchi (!) mag'lubiyatidir. Endi esa "Milan" Italiya Kubogi doirasida mamlakat chempioni bilan kuch sinashadi.

"Yuventus" so'nggi 5 o'yinning 2tasida mag'lub bo'ldi, ikkisi ham mehmonda. Turinliklar safarda biroz o'zlarini yo'qotib qo'ymoqdalar. SHu sababli, bugungi o'yinni "Yuve" uchun oson kechadi deyish qiyin. SHunday bo'lsa-da, "keksa sinora"ning ustun tomoni — bu Krishtianu Ronaldu. Portugaliyalik A Seriyaning so'nggi 10 turida maydonni golsiz tark etgani yo'q. U "Milan"ga qarshi bahsda ham bir yo'lini topib, raqib darvozasini ishg'ol etsa ajabmas.

Jamoalar bu mavsum bitta o'zaro o'yin o'tkazdilar: "Milan" noyabrda Turinga safar uyushtirdi va minimal hisobda "Yuventus"ga (0:1) g'alabani boy berdi.


Taxminiy tarkib

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli 4-4-2 taktikasidan, "Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri esa 4-3-1-2 sxemasidan foydalanishi kutilmoqda.


"Milan" - "Yuventus"

"Yuventus" "Milan" ustidan barcha musobaqalarda 9 bor g'alaba qozongan, Milandagi o'yinlarning so'nggi 7 tadan 6tasida zafar quchgan. "Rossoneri" turinliklarga qarshi qanchalik yaxshi o'ynaganiga qaramay, gol urolmadi va to'p o'tkazib yubordi. Noyabrda, liga uchrashuvi doirasida Turinda, Dibalaning bir nechta himoyachilarni ortda qoldirganidek. SHuningdek, o'tgan o'zaro 14 o'yindagi 30ta golni yodga olsak. Zerikarli va barchasi oldindan aniqmi? Unchalik emas. Boz ustiga to'qnashuv g'olibi ikki o'yinda malum bo'ladi. Sarrining gaplarini ham hisobga olsak, durang bo'lishi ehtimoli ham yuqori.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика