So’nggi yangiliklar

19:53"Бухоро" Руминия жамоаси билан дурангга рози бўлди  1 19:32Ўзбекистон U-16 термаси "Бунёдкор" U-19 жамоасидан устун келди  3 19:13Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Хитойга етиб борди  9 18:58"Манчестер Юнайтед" футболчиси жароҳат сабаб 10 ҳафтани ўтказиб юборади  3 18:32Украина терма жамоаси ҳимоячиси: "Ҳусанов ҳақиқатан ҳам яхши сифатларга эга"  2 18:03Мудрик ушбу мавсум майдонга қайтмайди  0 17:33Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Вьетнамга имкониятни бой берди  2 17:08Арсен Венгер: "Мен Кэррикни табриклашим керак"  1 16:39"Ғазалкент" биринчи ғалабасига эришди  1 16:13"Қизилқум" "Факел" билан жанговар дуранг ўйнади, Кенжабоевдан хет-трик!  4 15:48"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди  0 15:25"Пахтакор" ёшлар жамоаси Қатарга йўл олди  1 15:03Винисиус Жуниор "Реал" раҳбариятига келажаги бўйича аниқ баёнот берди  8 14:35"Каттақўрғон" ва "ҚМУ Жайхун" Про лигада қатнашади  2 14:08Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди  14

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Prevyu. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona"

Oliy liganing 29-turida Rustam Abdullaev boshchiligidagi "Qo'qon-1912" klubi o'z uyida Davron Fayziev boshchiligidagi "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – So'g'diyona (Jizzax)
5 noyabr 2015. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 14:00
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
 
Bu ikki klub o'zaro 17 bor kuch sinashishgan. Natijalar “So'g'diyona”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Jizzax klubi 8ta o'yinda g'oliblik nashidasini surgan. 3ta o'yin durang bilan yakunlangan. “Qo'qon-1912” bu raqibni olti bor mag'lub etgan. To'p kiritish borasida ham ustunlik “So'g'diyona” tomonida – 27:20. O'zaro o'ynlarda “So'g'diyona” 27 ochkoni qo'lga kiritgan. “Qo'qon-1912” esa hozirgacha 21 ochko ishlab olgan.

“So'g'diyona”ning “Qo'qon-1912” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0. Qo'qonliklarning eng yirik g'alabasi esa – 4:2.

Birinchi davrada “So'g'diyona” o'z uyida irodali g'alabaga erishgan. Uchrashuvdagi hisobni Nodir Qo'ziboev ochgandi. Suxrob Qobilov penaltidan hisobni tenglashtirgandi. Qizig'i ikkinchi davrani Qobilov “Qo'qon-1912” safida boshladi. Akmal Abdurahmonovning urgan goli Jizzax klubiga 3 ochko keltirgandi – 2:1.
 
Qo'qonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
11.05.2002 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 1:0
12.09.2000 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 3:1
30.04.1999 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 2:1
21.06.1998 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 4:2
31.05.1995 Qo'qon-1912 - So'g'diyona 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “So'g'diyona” safarda “Qo'qon-1912”ni umuman mag'lub eta olmagan. Vodiy klubi o'z uyida 6 marta g'alabaga erishgan. Ikkita uchrashuvda durang qayd etilgan. Qo'qonda o'tgan oxirgi 5ta o'yinning barchasida mezbonlar 3 ochkoga ega bo'lishgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика