So’nggi yangiliklar

16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  1 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  28 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  1 14:58"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар  1 14:10Каору Митома - "Манчестер Юнайтед"нинг трансфер мақсади  1 13:42Ван де Вен "Ливерпул"га ўтишга рози бўлди  3 13:18Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди?  4 12:49Бугунги ўйинлар: “Интер” — “Наполи”, “Бавария” уйда, “Милан” сафарда ва бошқалар  1 12:45"Арсенал" Барколя учун курашга қўшилди  1 11:34Абрахам АПЛга қайтиши мумкин  5 10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  6 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  18 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  27

Prevyu. "Qizilqum" - "Olmaliq" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Olmaliq"

Oliy liganing 22-turida "Olmaliq" jamoasi Navoyida "Qizilqum" klubi mehmoni bo'ladi.

Qizilqum (Navoiy) – Olmaliq (Olmaliq)
19 sentyabr 2015. Navoiy. "So'g'diyona" stadioni. 18:00
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), N. Ro'zimov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).

“Olmaliq” va “Qizilqum” oliy ligada 15 marta to'qnash kelishgan. Ushbu o'yinlardan 8tasida olmaliqliklar g'olib bo'lishgan. 2ta o'yin durang hisobida yakunlangan, “Qizilqum” hisobida 5ta g'alaba mavjud.

“Olmaliq” shu kungacha o'zaro o'yinlarda “Qizilqum” darvozasiga 27ta to'p kiritgan, navoiyliklar esa “Olmaliq” darvozasiga 20ta gol urishgan. “Olmaliq”  o'zaro o'yinlarda 26 ochko ishlab olgan bo'lsa, “Qizilqum” 17 ochkoni qo'lga kirita olgan. “Olmaliq”ning oliy ligada “Qizilqum” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi 5:1 ni tashkil qiladi. “Qizilqum”ning yirik g'alabasi esa 4:2.
 
Birinchi davrada Olmaliqda tashkil etilgan uchrashuvda mezbonlar Kamoliddin Murzoev va Jahongir Abdumo'minov tomonidan kiritilgan to'plar evaziga g'olib bo'lishgandi – 2:0.

“Qizilqum” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.09.2014 Qizilqum - Olmaliq 3:2
03.11.2013 Qizilqum - Olmaliq 4:2
06.10.2012 Qizilqum - Olmaliq 2:1
27.06.2011 Qizilqum - Olmaliq 3:3
22.05.2010 Qizilqum - Olmaliq 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Qizilqum” o'z uyida o'tgan 7ta o'yinning 5tasida g'olib bo'lgan. 2009 yil bo'lib o'tgan o'yinda “Olmaliq” safarda g'alabaga erisha olgan. Yana bitta uchrashuvda durang qayd etilgan. So'nggi uch yilda “Qizilqum” o'z maydonida bu raqibni faqat mag'lub etgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика