So’nggi yangiliklar

18:37Туркия. Шомуродовдан ассист, "Башакшеҳир"дан йирик ғалаба  6 18:20НАЗОРАТ ЎЙИНИ. "Бунёдкор" Болгария клуби устидан ғалаба қозонди  1 17:58U-23 Осиё чемпионати тугашига битта ўйин қолди: Бугун финал  0 17:47"The Telegraph": "Манчестер Сити" натижалари пасайишига Гвардиоланинг келажаги борасидаги мавҳумлик сабаб бўлмоқда  2 17:21Арбелоа "Реал"да Хаби Алонсо давридаги машғулотлар тизимини ўзгартирди  0 17:00Кэррик учун иккинчи имтиҳон ва Италиядаги топ ўйинлар  3 16:34РАСМАН! "Челси"нинг собиқ юлдузи Виктор Мозес энди Қозоғистон жамоасида ўйнайди  5 16:06"Арсенал" Хулиан Альварес бўйича норасмий музокаралар ўтказди: Унинг товон пули 500 миллион евро!  1 15:41"Кайсериспор" — "Башакшеҳир". Ўзбек дуэти асосий таркибда!  18 15:30Палимпсест  3 15:09ОКМК Польша грандига қарши: Ўктамовнинг голи камлик қилди  7 14:18Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё кубоги финали, “Ман Сити” ўз майдонида, “Реал” сафарда ва бошқалар  2 14:00ТОП-10. 2025 йилнинг энг кўп даромад топган футболчилар. Роналду ва Месси ҳали ҳам етакчи  3 13:45Каземиро МЛСга йўл олмоқда: "Лос-Анджелес" бразилиялик учун асосий даъвогар  0 13:11Арбелоа Трентга "кетиш"ни маслаҳат бергани ростми?  7

Prevyu. "Qizilqum" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Qizilqum" - "Metallurg"

Teglar :  QizilqumMetallurg
Oliy liganing 10-turida "Qizilqum" klubi o'z uyida "Metallurg"ni qabul qildi.

Qizilqum (Navoiy) – Metallurg (Bekobod)
28 may 2016. Navoiy. "Yoshlar" stadioni. 19:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), R. Fozilov (Namangan), M. Madjidov (Namangan), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: X. Muxtorov (Samarqand).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 32 bor kesishgan. Ustunlik “Qizilqum” tomonida. 14ta o'yinda “Qizilqum”ning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9ta uchrashuvda “Metallurg” g'olib chiqqan. Yana 9ta bahsda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Qizilqum” foydasiga. Navoiyliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 46ta gol kiritib o'z darvozalaridan 37 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'inlarda “Qizilqum” 51, “Metallurg” esa 36 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Metallurg” oliy ligada “Qizilqum” ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi bekobodliklarning eng yirik g'alabasi hisoblanadi. “Qizilqum”ning o'zaro o'yinlardagi erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:0ga teng.

O'tgan yil 14-turda Bekobodda o'tgan bahsda mezbonlar zafar quchishgan. Maydon egalari safida SHahzodbek Nurmatov (2ta), Ayubxon No'monov va Zohid Abdullaev gol urishgan. “Qizilqum”dan Bahriddin Vahobov hamda Farruh Haydarov to'p kiritishgan – 4:2. Navoiydagi uchrashuvda durang qayd etilgan. Mehmonlar vakili Mirg'iyoz Sulaymonovning goliga maydon egalari safida G'ayrat Jumaev javob bergandi – 1:1.

“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
05.11.2015 Qizilqum - Metallurg 1:1
02.11.2014 Qizilqum - Metallurg 0:0
21.09.2013 Qizilqum - Metallurg 1:0
27.10.2012 Qizilqum - Metallurg 0:0
17.09.2011 Qizilqum - Metallurg 2:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt:
“Qizilqum” maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarda “Metallurg” 2 marta g'alaba qozongan. 4ta uchrashuv durang qayd etilgan. Qolgan 10ta o'yinda “Qizilqum” zafar quchgan. “Metallurg” oxirgi 5ta o'yinda bu raqibni safarda mag'lub eta olmagan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика