So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  5 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  59 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  7 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Prevyu. "Paxtakor" - "Neftchi" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Neftchi"

Teglar :  PaxtakorNeftchi
Toshkentning "Paxtakor" klubi o'z uyida azaliy raqibi Farg'onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi.

Paxtakor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona)
28 may 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:45
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. SHoyaxmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.

Bu ikki buyuk klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 48 bor kesishgan. Ustunlik “Paxtakor” tomonida. 23ta o'yinda toshkentliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 18ta uchrashuvda “Neftchi” g'olib bo'lgan. 7ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “Paxtakor” foydasiga. Toshkent klubi shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 80ta gol kiritib o'z darvozasidan 63 marta to'p olib chiqqan. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 76 ochkoni, “Neftchi” esa 61 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor” oliy ligada “Neftchi” ustidan 6:1 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “sherlar”ning eng yirik hisobidagi g'alabasi. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlardagi “Paxtakor” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 4:0 bo'lib turibdi.

O'tgan yil Toshkentdagi o'yinda Egor Krimec va Igor Sergeevning urgan gollari “Paxtakor”ga g'alaba keltirgan – 2:0. Vodiyda esa mezbonlar zafar quchishgan. Umid Qodirov, SHerzod Hakimov, Otabek Isroilovning urgan gollariga “sherlar”dan Adnan Oraxovac va Igor Sergeev javob berishgandi – 3:2.

Toshkent bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

16.05.2015 Paxtakor - Neftchi 2:0
09.08.2014 Paxtakor - Neftchi 1:0
17.03.2013 Paxtakor - Neftchi 1:0
05.10.2012 Paxtakor - Neftchi 3:0
22.03.2011 Paxtakor - Neftchi 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt:
“Paxtakor” o'z maydonida bo'lib o'tgan o'yinlarning 18tasida muvaffaqiyat qozongan. 2ta bahsda g'olib aniqlanmagan. “Neftchi” Toshkentdan to'rt marta uch ochko bilan qayta olgan xolos. “Neftchi” oxirgi marta bu raqib maydonida 2001 yil g'alaba bilan qaytgan. Keyingi 14ta uchrashuvda “sherlar” muntazam ravishda g'olib bo'lib kelishgan.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика