So’nggi yangiliklar

20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  2 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  2 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  4 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  2 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  10 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  8 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  2 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  12 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15

Prevyu. "Paxtakor" - "Nasaf" Yangiliklar

Prevyu. "Paxtakor" - "Nasaf"

14-turning markaziy o'yini Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida "Paxtakor" va "Nasaf" o'rtasida bo'lib o'tadi.
Paxtakor (Toshkent) – Nasaf (Qarshi)
26 iyun 2015. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 19:30
Hakamlar
: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Toshmuxamedov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).

“Nasaf” hamda “Paxtakor” oliy ligada 36 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 20tasida “sherlar” g'olib bo'lishgan, 9ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Nasaf” hozirga qadar “Paxtakor”ni 7 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Paxtakor” foydasiga 51:27 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Paxtakor” 69 ochkoni, “Nasaf” esa 30 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Paxtakor”ning “Nasaf” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 4:0ga teng. “Ajdarlar”ning ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi ham 4:0 bo'lib turibdi.

2014 yil birinchi davrada Qarshida kechgan o'yinda hisobni Jamshid Iskanderov ochgandi. Bunga mezbonlar vakili Hamza Karimov javob qaytargandi – 1:1. Toshkentda tashkil etilgan uchrashuvda Kaxi Maxaradze va Jamshid Iskanderov “ajdarlar” darvozasiga gol urishgandi – 2:0.  

Toshkentda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
17.10.2014 Paxtakor - Nasaf 2:0
10.05.2013 Paxtakor - Nasaf 1:0
12.04.2012 Paxtakor - Nasaf 0:0
01.04.2011 Paxtakor - Nasaf 0:0
05.08.2010 Paxtakor - Nasaf 2:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: Toshkentda bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarning 15tasida “Paxtakor” zafar quchgan. Ikkita bahsda durang qayd etilgan. “Ajdarlar” ushbu raqib maydonidagi uchrashuvlarda faqat bir marta g'alabaga erishgan (2001 yil). “Nasaf” Toshkentda o'tgan oxirgi 10ta uchrashuvda gol ura olmagan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика