So’nggi yangiliklar

03:15ЕЧЛ. ПСЖ ютқазди, "Тоттенхэм" "Боруссия" устидан ғалаба қозонди ва бошқа натижалар  3 03:05ЕЧЛ. "Арсенал" меҳмонда "Интер"ни таслим этди. Лондонликлар 7 турдан кейин 100% лик натижа қайд этишмоқда  9 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди  59 00:40ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  69 00:05Анхель Ди Мария: "Бенфика"дан қўнғироқ қилишганида Португалиянинг қаерда жойлашганини билмаганман"  3 23:45ЕЧЛ. "Қайрат" Астанада "Брюгге"га йирик ҳисобда енгилди ва кейинги босқичга чиқа олмаслиги аниқ бўлди   3 23:35Салиба ва Габриэль қуруқ ўйинлар бўйича АПЛ тарихида иккинчи ўринга чиқиб қолди. Олдинда Фердинанд - Видич жуфтлиги бор  4 23:12"Манчестер Сити" ҳужумчиси фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттириши мумкин  0 22:41Терма жамоа ва Суперлига ҳақида ҳақиқат! Ашурматов нима деди?  0 22:32U-23 Осиё кубоги. Хитой Вьетнамни йирик ҳисобда мағлубиятга учратиб, финалга йўл олди!  11 22:2339 ёшли Жеко Германиядан клуб топди  0 22:01Германияда АҚШдаги Жаҳон чемпионатини бойкот қилиш ҳақида гапирилмоқда  2 21:21"Андижон" ўртоқлик ўйинида Шимолий Македония клуби билан дуранг ўйнади  3 20:56Инфантинонинг маоши ФИФА президентлиги даврида тўрт баробар кўпайди  7 20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  1

Prevyu. O'zbekiston - Xitoy Yangiliklar

Prevyu. O'zbekiston - Xitoy

Ertaga O'zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralashi doirasida Xitoy bilan o'ynaydi.

Xitoy terma jamoasi uchinchi saralash bosqichini omadsiz tarzda boshladi. Birinchi turda Janubiy Koreya mehmoni bo'lgan chin yurti vakillari 2:3 hisobida yutqazib qo'yishdi.

Ikkinchi turda Eron bilan o'z maydonida 0:0 hisobi qayd etilgach ko'pchilik Xitoy saralashni yaxshi boshladi deb hisoblagandi. Biroq uchinchi turda Gao Xongo shogirdlari kutilmaganda Suriyaga 0:1 hisobida yutqazib qo'yib muxlislarning keskin tanqidiga uchrashdi. Ko'pchilik terma jamoaning salbiy natijalari tufayli bosh murabbiy ishdan ketishini so'ramoqda.

O'zbekiston esa uchinchi bosqichni ketma-ket ikki g'alaba bilan boshladi. Dastlab Toshkentda Suriya, keyin Doxada Qatar bir xil 1:0 hisoblarida taslim qilindi. Oxirgi turda Toshkentda Eronga 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi.



O'zaro o'yinlar

O'zbekiston va Xitoy shu kunga qadar o'zaro 10ta o'yin o'tkazishgan. Bu bahslarning 5tasida vakillarimiz g'alaba qozonishgan. Bir marta durang kuzatilgan. Qolgan 4ta uchrashuvda xitoyliklar zafar quchishgan.

To'plar nisbatidagi ustunlik ham O'zbekiston tomonida: 16-13.

1994 yil Osiyo o'yinlari
O'zbekiston - Xitoy 4:2

1996 yil Osiyo kubogi
Xitoy - O'zbekiston 0:2

2001 yil JCH-2002 saralashi
Xitoy - O'zbekiston 2:0

2001 yil JCH-2002 saralashi
O'zbekiston - Xitoy 1:0

2007 yil O'rtoqlik uchrashuvi
Xitoy - O'zbekiston 3:1

2007 yil Osiyo Kubogi
O'zbekiston - Xitoy 3:0

2011 yil Osiyo Kubogi
O'zbekiston - Xitoy 2:2

2011 yil O'rtoqlik uchrashuvi
Xitoy - O'zbekiston 1:0

2013 yil O'rtoqlik uchrashuvi
Xitoy - O'zbekiston 1:2

2015 yil Osiyo Kubogi 2015
Xitoy - O'zbekiston 2:1




Diskvalifikaciyalar

Ushbu uchrashuvda O'zbekiston tarkibida Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilov sariq kartochkalari soni 2taga etgani bois maydonga tusha olishmaydi. Xitoy himoyachisi Jang Linpeng ham aynan shu sabab bilan Toshkentdagi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi.


Ranglar
Ertaga O'zbekiston futbolchilari ko'k rangli liboslarda harakat qiladilar. Raqiblarimiz Xitoy terma jamoasi futbolchilari esa sariq rangli futbolkalarda maydonga tushadilar.

O'zbekistonning Xitoy bilan o'yin uchun tarkibi: 

Darvozabonlar:
 Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimec (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash SHabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), .

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Eldor SHomurodov ("Bunyodkor"), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”).


Xitoyning O'zbekiston bilan o'yin uchun tarkibi:

Darvozabonlar: Yang Zi "Beyjing Goan", Gu CHao "Jiangsu Suning", Yan Junling "SHanxay SIPG"

Himoyachilar: Du Vei "Xebei", Feng Ksiaoting "Evergrand", Ren Xang "Xebei", Jang CHeng Dong "Beyjing Goan", Li Ksyuepeng "Evergrand", Jao Mingjian "SHandon Luneng", Jiang Zipeng "Guanchjou RF"

Yarim himoyachilar: YU Xai "SHanxay SIPG", Xao Junmin "SHandon Luneng", Vu Ksyu "Jiangsu Suning", Vu Lei "SHanxay SIPG", Xuang Boven "Evergrand", Jiang Ning "Xebei", Kay Xuikang "SHanxay SIPG", Zang Xize "Beyjing Goan", Zang Ksiaobin "Jiangsu Suning"

Hujumchilar: Gao Lin "Evergrand", Yang Ksyu "SHandon Luneng", Jang Yuning "Vitess", Gollandiya.




O'zbekiston - Xitoy
11 oktyabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Hakamlar:
Xettikamkanamge Dilan Perera, Palliya Guruge Priyanga Namal, Palitya Xematuxunga, Kuttiappa Rajakrishna (barchasi SHri-Lanka)
Komissar: Bakir Abdul Xoliq (Livan)

Reyting: -34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика