So’nggi yangiliklar

19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  0 19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  30 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  3 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   18 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0

PREVYU. O'zbekiston Kubogi finali. Qosimov – Berdiev to'qnashuvida kim g'olib chiqadi? Yangiliklar

PREVYU. O'zbekiston Kubogi finali. Qosimov – Berdiev to'qnashuvida kim g'olib chiqadi?

O'zbekiston Kubogi 2023 yilgi finalida Qarshining "Nasaf" va Olmaliqning OKMK jamoasi g'oliblik uchun kuch sinashadi.

Finallardagi ishtirok 

Final mezboni "Nasaf" o'z tarixida 8 bor Kubok finalida ishtirok etgan. "Ajdarlar" 2015, 2021, 2022 yillarda ushbu sovrinni boshlari uzra baland ko'tarishgan. "Nasaf" O'zbekiston Kubogi finallarida uch marta "Paxtakor" (2002,2011,2021), uch marta "Bunyodkor" (2012,2013,2015), bir marta "Lokomotiv" (2016) va bir marotaba "Navbahor" jamoalari bilan bellashgan. "Nasaf" o'z tarixidagi 9-finalda OKMK jamoasi bilan bellashadi. Joriy yilgi finalga Qarshi shahri ilk bor mezbonlik qilmoqda.

"Konchilar" esa mamlakat kubogi g'olibligini o'z tarixida bir marotaba, 2018 yilda qo'lga kiritishgan. O'shanda "Paxtakor" Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida 3:1 hisobida taslim etilgan edi. OKMK o'z tarixida to'rtinchi bor Kubok finalida qatnashadi. Olmaliqliklar ketma-ket uch mavsum (2018,2019,2020) Kubok finalida ishtirok etishgan.


O'zaro o'yinlar tarixi

O'zbekiston Kubogi doirasida jamoalar besh marotaba to'qnash kelishgan. O'zaro o'yinlarda "Nasaf" 2 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. OKMK jamoasi ham "Nasaf"ga qarshi kechgan bahslarda 2 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etgan. O'zaro o'yinlardagi eng yirik hisob – 2:1. 



O'zbekiston Kubogida jamoalar so'nggi marotaba o'tgan mavsum yarim finalda to'qnash kelishgandi. Uchrashuvda Mirjalol Qosimov shogirdlari birinchi bo'lib hisobni ochganlariga qaramay, yakunda "Nasaf" 2:1 hisobida g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi.

13.10.2022 "Nasaf" 2:1 OKMK

24.11.2021 OKMK 0:2 "Nasaf"

16.12.2020 OKMK 1:0 "Nasaf"

30.05.2018 OKMK 2:1 "Nasaf"

18.03.2009 OKMK 1:1 "Nasaf"



Finalga qadar

OKMK

"Konchilar" finalga qadar 6 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Guruh bosqichida "G'ijduvon", "Andijon-SGS" va "Jizzax" klublarini mag'lub etib, guruhda birinchi o'rinni egalladi. 1/8 finalda esa Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi, chorak finalda esa "Xorazm" yirik 4:2 hisobida mag'lub etdi. "Navbahor"ga qarshi kechgan yarim final bahsida esa Qosimov shogirdlari asosiy vaqtda durang qayd etishdi. Uchrashuvdan keyingi penaltilar seriyasida esa omad OKMK futbolchilariga kulib boqdi va final chiptasiga ega chiqishdi. OKMK joriy mavsum Kubok bahslarida 17 ta gol urib, 7 ta gol o'tkazib yubordi.


"Nasaf"

Qarshiliklar ham finalga qadar 6 ta uchrashuvda ishtirok etishdi. Guruh bosqichida "Qo'qon-1912, "Surxon" va "Mashal" jamoalarini bir xil 1:0 hisobida mag'lub etib, pley-off bosqichiga chiqdi. Nimchorak final bahsida esa qarshiliklar "Buxoro"ni katta qiyinchilik bilan mag'lub etishdi. Aziz Amonovning so'nggi daqiqalardagi goli Ro'ziqul Berdiev jamoasini chorak finalga olib chiqdi. CHorak finalda esa Yaypannig "Turon" jamoasi 2:1 hisobida taslim etildi. Yarim finalda "ajdarlar" Pro liga vakili Samarqandning "Dinamo"sini engib, finalga yo'l oldi. "Nasaf" jamoasi ketma-ket uch mavsumdan buyon O'zbekiston Kubogi finalida ishtirok etmoqda. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ushbu musobaqada 11 ta gol urib, o'z darvozasidan 5 ta to'p olib chiqdi.

OKMK va "Nasaf" jamoalari joriy mavsum Superliga doirasida bir marotaba to'qnash kelishdi. Superliga 13-turida "Nasaf" o'z maydonida OKMKni qabul qilib, Husniddin Aliqulov va Mateus Limaning gollari evaziga g'alaba qozondi. Ikkinchi davradagi to'qnashuv esa 26-turga to'g'ri keladi va ikki jamoa uchun ham chempionatdagi so'nggi uchrashuv bo'ladi.


Xalqaro maydondagi ishtirok

Joriy mavsum Kubok finalchilarining ikkisi ham Osiyo CHempionlar Ligasida ishtirok etishmoqda. Guruh bosqichining dastlabki to'rt bahsidan so'ng "Nasaf" 2 ta g'alaba, 1 ta mag'lubiyat va 1 ta durang qayd etib. 7 ochko bilan o'z guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика