Prevyu. "Olmaliq" - "Buxoro"
03 avg 2016 10:05
Yangiliklar
Prevyu. "Olmaliq" - "Buxoro"
Olmaliq (Olmaliq) – Buxoro (Buxoro)
3 avgust 2016. Olmaliq. "OKMK" stadioni. 19:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
UzPFL vakili: B. Haydarov.
“Olmaliq” va “Buxoro” oliy ligada 15 marta o'zaro o'ynashgan. Natijalar “Olmaliq”ning ustunligini ko'rsatmoqda. “Olmaliq” 8ta o'yinda g'olib bo'lgan, “Buxoro” 5 marta bu raqibni mag'lub etgan. 2ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbatida ustunlik “Olmaliq” tomonida - 29:16. O'zaro o'yinlarda “Buxoro” 17 ochkoga ega bo'lgan bo'lsa, “Olmaliq” 26 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Olmaliq”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 6:1ga teng. “Buxoro”ning eng yirik g'alabasi esa 3:1.
Birinchi davrada "Buxoro" o'z maydonida 2:0 hisobida zafar quchgan. Ruslan Melziddinov va Suhrob Nematov penaltidan gol urishgan.
Olmaliqda bo'lib o'tgan oxirgi besh uchrashuv:
12.09.2015 Olmaliq - Buxoro 1:1
06.06.2014 Olmaliq - Buxoro 2:1
05.10.2013 Olmaliq - Buxoro 3:2
26.08.2012 Olmaliq - Buxoro 1:3
01.10.2011 Olmaliq - Buxoro 6:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Olmaliq” o'z maydonida bo'lib o'tgan 7ta o'yinning 4tasida g'alaba qozongan. Ikki uchrashuvda durang qayd etilgan. Bitta bahsda “Buxoro” safarda bo'lishiga qaramay raqibni taslim qilishga muvaffaq bo'lgan. So'nggi uch uchrashuvda “Olmaliq” o'z uyida yutqazmagan.
Fikrlar