So’nggi yangiliklar

00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  2 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  0 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  3 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  4 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  4 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  9 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  1 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  4 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  1

Prevyu. "Obod" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Prevyu. "Obod" - "Lokomotiv"

Teglar :  LokomotivObod
Oliy liganing 8-turida Toshkent derbisi doirasida "Obod" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Obod (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent)
8 may 2016. Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
 
“Obod” va "Lokomotiv" klublari birinchi bor oliy ligada to'qnash kelishadi.

“Obod” dastlabki turni Qo'qonda o'tkazib 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ikkinchi turni o'z uyida “Buxoro” bilan nursiz durang qayd etdi – 0:0. Keyin Qarshida “Nasaf” bilan bahsda 0:1 hisobida imkoniyat boy berildi. Nihoyat to'rtinchi turda Toshkent klubi oliy ligada dastlabki gollarini urishga erishdi. “Qizilqum”ga qarshi o'yinda 2:2 hisobi qayd etildi. 5-turda toshkentliklar Bekobodda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi. Keyin “Obod” Toshkent derbisida “Bunyodkor”dan 0:4 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib olgandi. 7-turda Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'lgan jamoa 1:2 hisobida mag'lubiyat bilan ortga qaytdi.

“Lokomotiv” mavsumni vodiy klublariga qarshi bahslarda ketma-ket uch g'alaba bilan boshladi. Dastlab o'z safarda “Navbahor”ni 3:2 va “Andijon”ni 3:1 hisoblarida mag'lub etgan jamoa. Uchinchi turda “Neftchi”ni yirik hisobda tor-mor etdi - 4:0. To'rtinchi turda "So'g'diyona" bilan murosa ko'chasi tanlandi - 1:1. Keyin Qashqadaryoning ikki klubi "Mashal" (3:1) va "SHo'rtan" (2:0) taslim qilindi. Oxirgi turda "temiryo'lchilar" "Olmaliq" darvozasiga javobsiz 4ta gol urishdi.

Fakt: “Obod” bu mavsumda umuman g'alaba qozona olmadi, "Lokomotiv" esa aksincha umuman mag'lub bo'lgani yo'q. Oliy liga debyutanti o'z maydonidagi 3ta o'yinda 2ta durang va 1ta mag'lubiyat qayd etdi. "Loko" safardagi 4ta bahsda 3ta g'alabaga erishdi va bir bor durang o'ynadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика