Prevyu. "Neftchi" - "So'g'diyona"
16 apr 2016 09:45
Yangiliklar
Prevyu. "Neftchi" - "So'g'diyona"
Neftchi (Farg'ona) – So'g'diyona (Jizzax)
16 aprel 2016. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 17:00
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
“Neftchi” hamda “So'g'diyona” oliy ligada 40 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 27tasida farg'onaliklar g'olib bo'lishgan, 5ta o'yinda “So'g'diyona” g'alabani tantana qilgan. O'zaro o'yinlarda 8 marta durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Neftchi” foydasiga 90:31 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Neftchi” 89 ochkoni, “So'g'diyona” esa 23 ochkoni qo'lga kiritgan.
“So'g'diyona”ning “Neftchi” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 2:0. “Neftchi”ning o'zaro o'yinlarda jizzaxliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 7:0ga teng.
Bir yil oldin ikkala bahsda ham vodiy klubi g'olib bo'lgan. Farg'onada “Neftchi” yirik g'alabaga erishgan. SHukurali Po'latov, Baxtiyor Yoqubov, Ro'zimboy Ahmedov (2ta) tomonidan urilgan gollarga Sanjar Rashidov javob bergandi – 4:1. Jizzaxdagi o'yin taqdirini SHerzod Hakimov tomonidan urilgan gol hal qilgan – 0:1.
Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
25.04.2015 Neftchi - So'g'diyona 4:1
02.10.2014 Neftchi - So'g'diyona 1:1
18.10.2013 Neftchi - So'g'diyona 0:2
17.09.2011 Neftchi - So'g'diyona 2:1
14.08.2009 Neftchi - So'g'diyona 7:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida bu raqibni 17 marta mag'lub etgan. Ikki marta (1992 va 2014 yil) durang qayd etilgan. 2013 yilda “So'g'diyona” Farg'onada “Neftchi”ni ilk bor mag'lub etib qaytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar