So’nggi yangiliklar

14:17Браим Диас Африка Кубоги финалидаги мағлубиятдан сўнг узр сўради  0 13:49Элдор Шомуродов Туркия Суперлигаси тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:21Финалнинг энг можароли лаҳзасида Мане жамоадошларига нима деб гапиргани маълум бўлди  4 12:53"Арсенал" "Ньюкасл" футболчисига кўз тикди  2 12:24Винисиус мухлислар муносабати сабаб "Реал"ни тарк этишга қарор қилди  12 12:02Бугунги ўйинлар: ЕЧЛ қайтди, U-23 Осиё Кубогида финалчилар аниқланади ва бошқалар  2 11:46Раҳимов "Навбаҳор"га ўтиши мумкин  3 11:23U-23 Осиё Кубоги давом этади: бугун финалчилар аниқланади  3 10:39Назорат учрашувлари. "Нефтчи" бугун Болгария, "Андижон" Шимолий Македония клуби билан ўйнайди  3 09:54Антонио Конте: "Айрим ёш мураббийлар мослашишни истамайди"  2 09:20Фабрицио Романо: "АПЛ клуби Канте агентлари билан алоқага чиққан, "Фенербахче" эса музокараларни тезлаштирмоқда"  1 08:55Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  67 08:35Юрген Клопп ўз келажаги ҳақида баёнот берди  5 08:15Вадим Абрамов: "Легионерлар борасида тўғри танлов қилдик деб умид қиламан"   5 07:47"Сурхон"дан кетган мураббийи "Насаф"да иш бошлади   3

Prevyu. "Neftchi" - "Metallurg" Yangiliklar

Prevyu. "Neftchi" - "Metallurg"

Teglar :  NeftchiMetallurg
Bekobodning "Metallurg" klubi birinchi davraning oxirgi turini Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi.

Neftchi (Farg'ona) – Metallurg (Bekobod)
1 iyul 2016. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 19:00
Hakamlar
: V. Ceytlin (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), S. SHoyusupov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

“Neftchi” va “Metallurg” oliy ligada 36 bora to'qnash kelishgan. Natijalar vodiy jamoasining kattagina ustunligini ko'rsatmoqda.

“Neftchi” 36ta o'yindan 22tasini yutgan. 8ta bahsda durang qayd etilgan. “Metallurg” bu raqibni 6 marta mag'lub etgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 71ta gol kiritgan, bekobodliklar 35 bora farg'onaliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 74 ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ygan bo'lsa, “Metallurg”da bu ko'rsatkich 26ni tashkil etadi. Vodiy klubining o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi 7:1ga teng bo'lsa, “Metallurg”da bu ko'rsatkich 3:1ga teng.

Bir yil oldin birinchi davrada Bekobodda tashkil etilgan o'yinda bitta gol urilgandi. Birinchi bo'lim o'rtalarida Abbosbek Maxstalievning goli “Neftchi”ga safarda g'alaba keltirgandi – 0:1. Uchrashuvni “Neftchi” 10 kishi bo'lib tugatgandi, o'shanda SHerzod Hakimov 50-daqiqada qizil kartochka olgandi. Farg'onada ham “Neftchi” g'olib bo'lgan. Dastlab bekobodliklar vakili Saidjon Abdujabborov hisobni ochgan. Bunga Sardor Rahmonov va SHerzod Hakimov javob berishgan – 2:1.

Farg'onada bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:

22.08.2015 Neftchi - Metallurg 2:1
20.09.2014 Neftchi - Metallurg 2:1
09.03.2013 Neftchi - Metallurg 0:1
09.08.2012 Neftchi - Metallurg 4:0
12.03.2011 Neftchi - Metallurg 3:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” mezbonlik qilgan o'yinlarda “Metallurg” faqat bir bor (2013 yil) g'alabaga erishgan. Bitta bahsda durang qayd etilgan. Farg'ona klubi o'z uyida 16 marta zafar quchgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика