Prevyu. "Neftchi" - "Lokomotiv"
08 avg 2015 09:30
Yangiliklar


Prevyu. "Neftchi" - "Lokomotiv"
Neftchi (Farg'ona) – Lokomotiv (Toshkent)
8 avgust 2015. Farg'ona. "Istiqlol" stadioni. 18:30
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), A. Risqullaev (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
“Neftchi” va “Lokomotiv” oliy ligada 21 bora to'qnash kelishgan. Natijalar toshkentliklarning ustunligini ko'rsatmoqda.
“Lokomotiv” 11 marta g'alaba qozongan, “Neftchi” hisobida 7ta muvaffaqiyat mavjud. 3ta bahsda durang qayd etilgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 30ta gol kiritgan, “temiryo'lchilar” esa 33 bora farg'onaliklar darvozasini ishg'ol etishgan. Farg'ona jamoasi o'zaro o'yinlarda 24, “Loko” esa 36 ochkoga ega chiqqan. Farg'onaliklarning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:0ga teng bo'lsa, “Lokomotiv”da bu ko'rsatkich 4:1ga teng.
Birinchi davrada Toshkentdagi bahsda Damir Koyashevich gol urib “Lokomotiv”ni oldinga olib chiqqandi. Ikkinchi bo'limda Ro'zimboy Ahmedov belgilangan penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirgandi – 1:1.
Farg'onada o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
14.06.2014 Neftchi - Lokomotiv 0:1
30.03.2013 Neftchi - Lokomotiv 1:3
19.10.2012 Neftchi - Lokomotiv 1:1
31.10.2010 Neftchi - Lokomotiv 2:1
05.11.2009 Neftchi - Lokomotiv 2:4
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Neftchi” o'z maydonida o'tgan 10ta o'yinning 5tasida zafar quchgan. “Lokomotiv” to'rt marta Farg'onadan uch ochko bilan qaytgan. Vodiyda bu jamoalar bir marta durang qayd etishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar