Prevyu. "Navbahor" - "Lokomotiv"
14 mar 2014 13:49
Yangiliklar
NAVBAHOR – LOKOMOTIV
15 mart. Kosonsoy. “Kosonsoy” stadioni. 15:30
Hakamlar: H.Ro'ziev, A.Usmonov, T.Gaynullin, R.Tolibjonov.
Nazoratchi: A.Popov.
“Navbahor” hamda “Lokomotiv” oliy ligada jami 18 bora to'qnash kelishgan. Natijalar teng. Ikkala jamoa 7tadan o'yinda g'olib chiqqan, 4ta bahs durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati “Navbahor” foydasiga 29:24ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'yinlarda jamoalar 25tadan ochkoni kiritishgan.
“Navbahor”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 6:2. “Temiryo'lchilar”ning o'zaro o'yinlarda namanganliklar ustidan qozongan eng yirik g'alabasi 3:0.
2013 yilgi mavsumda “Navbahor” maydonida bo'lib o'tgan o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan. Sobir Hamidov hisobni ochgan, Akmal Xolmatov uchrashuv so'nggida javob to'pini kiritgandi. 25-turda Toshkentda kechgan bahsda “temiryo'lchilar” Islom To'xtaxo'jaevning dubli va Akmal Xolmatovning goli evaziga yirik g'alabaga erishgandi – 3:0.
“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
03.04.2013 Navbahor - Lokomotiv 1:1
07.04.2012 Navbahor - Lokomotiv 0:2
25.09.2010 Navbahor - Lokomotiv 2:0
25.04.2009 Navbahor - Lokomotiv 2:0
25.06.2008 Navbahor - Lokomotiv 3:1
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” o'z maydonida bo'lib o'tgan 9ta o'yinning 6tasida g'olib chiqqan. Ikki marta g'olib aniqlanmagan bo'lsa, “Lokomotiv” safarda faqat bir bor muvaffaqiyat qozongan. 2012 yilgi mavsumda “temiryo'lchilar” vodiydan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytishgan. Oxirgi ikki yilda “Navbahor” uyida bu raqibni enga olmagan.
Taxmin: Uchrashuv "Lokomotiv"ning kichik hisobdagi g'alabasi bilan tugasa kerak. Sizning fikringiz qanday?
Narzulla Saydullaev.

Fikrlar