Prevyu: Navbahor - Bunyodkor
05 apr 2019 15:00
Yangiliklar
Prevyu: Navbahor - Bunyodkor
6 aprel kuni Farg'onadagi Istiqlol stadionida Superliganing 3-turi doirasida Bunyodkor safarda Navbahor mehmoni bo'ladi.
O'zbekiston chempionati doirasida bu ikki jamoa o'zaro 26 bor to'qnash kelishgan. SHundan 17 o'yinda «qaldirg'ochlar» g'alaba qozongan bo'lsa, 4 o'yinda «lochinlar»ning qo'li baland kelgan. 5 o'inda tomonlar murosa yo'lini tanlashgan. To'plar nisbati: 51:17 «Bunyodkor» foydasiga.
«Bunyodkor» va «Navbahor» o'rtasidagi o'yinlardagi eng yirik hisob 2009 yilda qayd etilgan: 6:0 «qaldirg'ochlar» g'alabasi.
«Bunyodkor» «lochinlar»ga qarshi mehmonda o'tkazilgan 13 o'yinning 5 tasida g'alaba qozongan, 4 tasida mag'lub bo'lgan. O'tgan mavsumda Namanganda o'tkazilgan ikki o'yinda ham namanganliklar g'alaba qozonishgan.
Eslatib o'tamiz, o'yin 6 aprel kuni soat 17:00 da Farg'onadagi «Istiqlol» stadionida boshlanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar