Prevyu. "Nasaf" - "Olmaliq"
08 avg 2015 10:00
Yangiliklar


Prevyu. "Nasaf" - "Olmaliq"
Nasaf (Qarshi) – Olmaliq (Olmaliq)
8 avgust 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:30
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
“Nasaf” va “Olmaliq” oliy ligada jami 15 bora to'qnash kelishgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda. Qarshiliklar 7ta o'yinda g'olib bo'lishgan. 7ta o'yinda durang qayd etilgan. “Olmaliq” shu kungacha “Nasaf”ni bir marta mag'lub etgan. To'plar nisbatida ham “Nasaf” oldinda - 24:14. O'zaro o'yinlarda “ajdarlar” 28 ochkoni, “Olmaliq” esa 10 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Nasaf”ning o'zaro o'yinlarda qozongan eng yirik g'alabasi – 4:0 ga teng. “Olmaliq”ning yagona g'alabasi – 2:0.
Dastlabki davrada “Olmaliq” 2:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Eldorbek Suyunov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'gan bo'lsa, Arslonmurod Omonov ikkinchi bo'lim so'nggida ikkinchi golni urgandi – 2:0.
Qarshida bo'lib o'tgan barcha uchrashuvlar:
07.11.2014 Nasaf - Olmaliq 2:2
02.03.2013 Nasaf - Olmaliq 2:2
01.07.2012 Nasaf - Olmaliq 4:2
20.03.2011 Nasaf - Olmaliq 2:1
26.08.2010 Nasaf - Olmaliq 4:0
07.08.2009 Nasaf - Olmaliq 2:1
10.05.2008 Nasaf - Olmaliq 1:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: Qarshida bo'lib o'tgan etti o'yindan beshtasida “Nasaf” zafar quchgan. Ikki uchrashuvda esa durang qayd etilgan. Qizig'i mana shu ikkala durang ham oxirgi ikki yilda kuzatilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar