So’nggi yangiliklar

12:25"Реал" Зиданни қайтармоқчи  1 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: АПЛда "Boxing day" даваом этади ва бошқалар  0 11:41Расман: Фежсал Мулич — “Сўғдиёна” футболчиси  4 11:23"Ливерпуль” собиқ футболчиси "Манчестер Юнайтед"га Стерлингни сотиб олишни таклиф қилди  2 10:53Роберт Левандовски футболдаги сўнгги йилларида нималарга эришишни истаётганини айтди  0 10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  1 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  4 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  3 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  9 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5

Prevyu. "Nasaf" - "Buxoro" Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Buxoro"

Teglar :  BuxoroNasafPrevyu
Oliy liganing 19-turida "Buxoro" klubi Qarshida "Nasaf" klubi mehmoni bo'ladi.

Nasaf (Qarshi) – Buxoro (Buxoro)
22 avgust 2015. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imamov (Toshkent).
O'zPFL vakili: G. Rtveladze.

Bu ikki klubning yo'llari oliy liga o'yinlarida 35 bor kesishgan. Ustunlik “Nasaf” tomonida. 35 o'yindan 18tasida qarshiliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 9 uchrashuvda “Buxoro” g'olib bo'lgan. 8ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan. To'plar nisbati ham “ajdarlar” foydasiga. Qarshiliklar shu kunga qadar o'zaro o'yinlarda 62ta to'p kiritib o'z darvozasidan 37 marta to'p olib chiqishgan. O'zaro o'ynlarda “Nasaf” 62 ochkoni, “Buxoro” esa 35 ochkoni qo'lga kiritgan.

“Nasaf” oliy ligada “Buxoro” ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozongan. Bu o'zaro o'yinlardagi “ajdarlar”ning eng yirik g'alabasidir. “Buxoro”ning o'zaro o'yinlardagi “Nasaf” ustidan erishgan eng yirik g'alabasi esa 5:1 bo'lib turibdi.

Dastlabki davrada Buxoroda o'tgan bahsda mehmonlar zafar quchishgan. Ilhom SHomurodov hamda Artur Gevorkyanning gollari “Nasaf”ga safarda 3 ochko keltirgandi.

Qarshida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
29.03.2014 Nasaf - Buxoro 3:0
16.03.2013 Nasaf - Buxoro 3:1
08.08.2012 Nasaf - Buxoro 3:0
18.09.2011 Nasaf - Buxoro 3:0
05.11.2009 Nasaf - Buxoro 4:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Nasaf” o'z uyida 13 bor “Buxoro”ni taslim qilgan. To'rtta uchrashuv durang bilan tugagan. SHu kunga qadar “Buxoro” Qarshida umuman g'alaba qozona olmagan. Oxirgi 5ta o'yinda “ajdarlar” o'z maydonlarida 5 marta g'alaba qozonishgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика