So’nggi yangiliklar

07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  0 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  8 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  6 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0 19:33"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи: "Менга кўп футболчилар керак эмас"  5 19:05ТОП-5 қачон бошланади? Жамоалар янги мавсумга қандай тайёрланмоқда?  6 18:40Легионер посбон, Фарғонада ютган мураббий, дублга эришган футболчи ва собиқ клубига гол урган ҳужумчи — Суперлигада 16-турнинг энг яхшилари   2 18:28"Барселона" "Тэгу"ни йирик ҳисобда мағлуб этди — битта гол Рэшфорд ҳисобида  2 18:10Плетнёв, Таҳсин, Токотаев, Санчес... Суперлига 16-тур рамзий терма жамоаси   9

Prevyu. "Nasaf" - "Al Sadd". Dammamda "dovul" bo'ladimi? Yangiliklar

Prevyu. "Nasaf" - "Al Sadd". Dammamda "dovul" bo'ladimi?

Teglar :  Al SaddNasaf
O'zbek klublarining bu mavsum OCHLdagi ishtirokini kecha "Paxtakor" boshlab bergan bo'lsa, bugun "Nasaf" davom ettiradi.

"Ajdarlar"ning guruh bosqichidagi dastlabki raqibi Qatarning "Al Sadd" jamoasi. 


Bugun "Nasaf" OCHLdagi yurishini boshlaydi


OCHL guruh bosqichidagi beshinchi urinish besh bo'lsin

Pley-off bosqichida safarda BAAning "Baniyas" klubini mag'lub etgan "Nasaf" OCHL guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Joriy yilgi ishtirok klub uchun OCHLdagi beshinchisi hisoblanadi.  Jamoa avvalgi 4ta (2012, 2015, 2016, 2018 mavsumlar) musobaqada guruhdan chiqish vazifasini bajara olmagan. Xalqaro maydondagi eng yaxshi natijasini esa 2011 yil OFK kubogida qo'lga kiritgan edi. 


 OCHL. "Paxtakor" va "Nasaf"ning guruh o'yinlari taqvimi (to'liq)


"Nasaf"ning Qatar klublariga qarshi statistikasi 

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari Qatar klublari bilan umumiy hisobda OCHL guruh bosqichida 6 marotaba to'qnash kelgan. Bugungi o'yin tarixdagi 7 hisoblanadi. O'tkazilgan oltita o'yinning bittasida "Nasaf" g'alabani o'ziniki qilgan bo'lib, 2018 yil Qarshida "Al Sadd"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Bu hozircha Qatar klublari ustidan qozonilgan yagona g'alaba bo'lib turibdi. 


03.04.2012. "Al Rayyan" - "Nasaf" 3:1

18.04.2012. "Nasaf" - " Al Rayyan" 0:1

16.03.2016. "Al Jaish" - "Nasaf" 1:0

05.04.2016. "Nasaf" - "Al Jaish" 0:0

05.03.2018. "Nasaf" - "Al Sadd" 1:0

13.03.2018. "Al Sadd" - "Nasaf" 4:0


Bevosita raqib haqida to'xtalsak, "Al Sadd" o'tgan mavsum Qatar Yulduzlar Ligasini 62 ochko bilan chempion sifatida yakunladi. Jamoani ayni vaqtda ispaniyalik Xavi Grasiya boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis "Valensiya", "Uotford", "Malaga", "Rubin" jamoalaridagi faoliyati bilan tanish sanaladi. Tarkibida Abdulkarim Hassan, Meshal Barsham, Sadd Al SHib, Toriq Salmon, Bualem Xuxi, Pedro Migel, Akram Afif, Hasan Al Haydos, Rodrigo Tabata singari Qatar terma xamoasi futbolchilari bor. Legionerlardan Santi Kasorla, Bag'dod Bougedja, Andre Ayyu kabi yulduzlarga ortiqcha tarif berish shart emas, deb o'ylaymiz.

"Al Sadd"ning OCHL uchun tarkibi

Darvozabonlar: 1. Saad Al SHib, 22.Meshal Barsham, 31. Yusuf Balideh, 32. Karim Haydar Dib, 97. Abdalla Abrahim.

Himoyachilar: 2. Pedro Migel, 3.Abdulkarim Hassan, 4. Ahmed Sayyar, 6.Toriq Salmon, 16. Bualem Xuxi, 20. Salim Al Hajri, 70. Musaab Hidir Muhammad

Yarim himoyachilar: 5. Jung Voo Yung (Janubiy Koreya), 7. Muhammad Al Bayati, 8. Ali Asadalla, 9. Yusuf Abdurisag Yusuf, 12. Rodrigo Tabata, 13. Abdulla Al Yazidi, 17. Gilerme (Braziliya), 18. Muhammad Al Qurayshi, 19. Santi Kasorla (Ispaniya), 23. Ahmad Al Said, 44. Mahdi Al Mejaba, 45. Abdulrahmon Al Naimi, 47. Faysal Azadi, 95. Talal Al SHaibi

Hujumchilar: 10. Hasan Al Haydos, 11. Bag'dod Bounedja (Jazoir), 15. Akram Afif, 24. Andre Ayyu (Gana), 90. Abdulrahmon Al Dosari




OCHL-2022. "Al Sadd" bosh murabbiyi: "Nasaf"ga qarshi o'yin qiyin bo'lishi aniq, ammo musobaqani g'alaba bilan boshlamoqchimiz"



"Nasaf"ning tarkibi va yo'qotishlar 

Afsuski, Saudiya Arabistoni safaridan oldin "Nasaf"ning qanot himoyasidagi muhim bo'lagi SHerzod Nasrullaev "Lokomotiv" bilan o'yinda jarohat olib safdan chiqdi. SHuningdek, G'olib G'aybullaev ham jarohati sabab jamoaga yordam bera olmasligi aniq. "Nasaf" Dammam shahrida bo'lib o'tadigan guruh bosqichida ishtirok etish uchun 23 nafar futbolchi bilan kelgan.

Darvozabonlar: Umidjon Ergashev, Azamat Soyibov, Abduvohid Nematov.

Himoyachilar: Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, G'olib G'aybullaev, Dilshod Saitov, Sardor Sadullaev, Zafarmurod Abdirahmatov, Umarbek Eshmurodov.

Yarim himoyachilar: Murodbek Rahmatov, SHarof Muhitdinov, Ivan Solovev, Suhrob Nurulloev, Bahrom Abdurahimov, SHahzod Akramov, Akmal Mozgovoy, Aziz Xolmurodov, Asliddin Tursunpo'latov, Oybek Bozorov, Marko Stanoevich.  

Hujumchilar: Husayn Norchaev, Semir Smaylagich.


FOTO. OCHL. "Nasaf" "Al Sadd"ga qarshi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA



OCHL-2022. Ro'ziqul Berdiev: "Ertangi raqibimiz nafaqat guruhdagi, balki turnirning favorit jamoalaridan biri hisoblanadi"


VIDEO. "SAfarda". "Nasaf"ning mashg'uloti va Ro'ziqul Berdievdan intervyu


Debyutantlar 


"Nasaf" safida bugun ko'p futbolchilar OCHL guruh bosqichida debyut qilishi kutilmoqda. Umarbek Eshmurodov, SHarof Muhiddinov, Bahrom Abdurahimov kabi tajribali futbolchilar jamoa libosida bir necha bor OCHL bahslarida maydonga tushishgan yani ko'nikma shakllangan, deya olamiz. Qolgan futbolchilar o'tgan mavsum OFK kubogi o'yinlari orqali bu boradagi tajribalarini oshirishdi. Endilikda ular yosh futbolchi emas. Balki o'z jamoasining etakchisidir. "Ajdarlar" 2018 yil "Al Sadd"ni yutishni uddasidan chiqa olishgan. Demak bugun yana bir bor mana shu ishni takrorlash talab etiladi. Albatta qiyin. Umid esa so'nggi pallada so'nadi. Qatar klubi ustidan qozonilgan g'alaba orqali Dammamda "dovul" bo'lishiga tilakdoshmiz. Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan 22:15da boshlanadi. 


Al-Sadd

Boualem Khoukhi - 55'

AFC Champions League Grp. E . 1-tur

08/04/2022, 23:15

1
:
1
Tugadi

Nasaf Qarshi

Pedro Miguel - 31'

45'
90'
27'  Abdelkarim Hasan Fadlalla
55'  Boualem Khoukhi
55'  Santi Cazorla
61'  Pedro Miguel
63'  Pedro Miguel
68'  Ali Assadalla (Mohammed Waad)
68'  Hassan Al Haidos (Tarek Salman)
81'  Akram Afif (Salem Al Hajri)
11'  Semir Smajlagic
31'  Pedro Miguel
46'  Shakhzod Akromov (Sukhrob Nurulloev)
50'  Sukhrob Nurulloev
54'  Semir Smajlagic (Khusayin Norchaev)
61'  Alibek Davronov
67'  Sharof Mukhiddinov (Bakhrom Abdurakhimov)
75'  Alibek Davronov (Ivan Soloveev)







Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика