Prevyu: “Metallurg” – “So'g'diyona”
17 okt 2019 16:47
Yangiliklar
Prevyu: “Metallurg” – “So'g'diyona”
Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida o'zaro 35 ta o'yin o'tkazishgan. SHulardan 14 tasida bekobodliklar, 14 tasida jizzaxliklar g'alaba qozonishgan. 7 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi jizzaxliklar foydasiga – 50:49.
Mazkur jamoalar o'rtasida qayd etilgan eng yirik hisob 4:0. “So'g'diyona” o'z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o'yin 2014 yili Zomindagi stadionda bo'lib o'tgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to'qqizta to'p kiritilgan. “Metallurg” jamoasi ham bir marta ham o'z maydonida, hamda safarda bitta mavsumning o'zida “So'g'diyona” ustidan g'alaba nashidasini surgan.
Ushbu jamoalarning Bekobodda o'tkazilgan o'yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 11 g'alaba, 3 durang, 3 mag'lubiyat, kiritilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi – 29:19.
Bekobodda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
21.04.2018 «Metallurg» - «So'g'diyona» 2:0
12.05.2017 «Metallurg» - «So'g'diyona» 3:1
05.03.2016 «Metallurg» - «So'g'diyona» 2:1
26.08.2015 «Metallurg» - «So'g'diyona» 1:2
14.05.2014 «Metallurg» - «So'g'diyona» 4:2
|
Metallurg |
Superliga. 22-tur 18/10/2019, 17:30 1
:
0
Tugadi
|
So'g'diyona Sanjar Rashidov - 37' |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar