Prevyu. "Metallurg" - "Nasaf"
30 sen 2015 09:20
Yangiliklar
Prevyu. "Metallurg" - "Nasaf"
Metallurg (Bekobod) – Nasaf (Qarshi)
30 sentyabr 2015. Bekobod. "Metallurg" stadioni. 16:00
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), V. Lushin (Guliston), N. Ro'zimov (Toshkent), I. Xudoydatov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: V. Letkin.
“Metallurg” hamda “Nasaf” oliy ligada 35 bora to'qnash kelishgan. SHulardan 23tasida “ajdarlar” g'olib bo'lishgan, 4ta o'yinda g'olib aniqlanmagan. “Metallurg” hozirga qadar “Nasaf”ni 8 marta mag'lub etgan. To'plar nisbati “Nasaf” foydasiga 63:29 ni tashkil qilmoqda. O'zaro o'inlarda “Nasaf” 73 ochkoni, “Metallurg” esa 28 ochkoni qo'lga kiritgan.
“Nasaf”ning “Metallurg” ustidan qozongan yirik g'alabasi – 7:0ga teng. Bekobod klubi ushbu raqib ustidan qozongan eng yirik g'alabasi esa 3:0 bo'lib turibdi.
Qarshidagi o'yinda "Metallurg" Ayubxon No'monov tomonidan urilgan gol tufayli g'alaba bilan qaytgan - 0:1. O'sha mag'lubiyat "Nasaf"ning bu mavsumda o'z uyidagi yagona mag'lubiyat bo'lib turibdi.
Bekobodda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
12.09.2014 Metallurg – Nasaf 0:2
29.09.2013 Metallurg – Nasaf 2:1
18.08.2012 Metallurg – Nasaf 1:0
21.08.2011 Metallurg – Nasaf 0:1
14.06.2010 Metallurg – Nasaf 0:0
O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Metallurg” Bekobodda bu raqibni 7 marta mag'lub etgan. Uchta uchrashuvda durang kuzatilgan. "Ajdarlar" safardan 7 bor g'alaba bilan qaytishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar